Aksiomatik metod — aksiomalarga asoslanib ilmiy nazariya qurish usuli. Asos qilib olingan aksiomalar tizimi (aksiomatika) muayyan nazariy tizimda isbotsiz haqiqiy deb kabul qilinadi. Boshqa nazariy bilimlar, xulosalar toʻla ravishda aksiomatikadan deduktiv yoʻl bilan chiqariladi. Yangi tushunchalar nazariyaga formal taʼriflash yoʻli bilan kiritiladi. Aksiomalar tizimi ziddiyatsizlik, toʻlalik va bogʻliqsizlik shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bitta ilmiy nazariyani turli aksiomalar tizimiga asoslanib ham qurish mumkin. Masalan, haqiqiy sonlar nazariyasining turli qurish usullari mavjud. Matematikada Aksiomaqadimgi yunon geometrlari asarlarida shakllana bosh-lagan. Evklidning „Negizlar“ (miloddan avalgi 300-yillar) asarida bayon etilgan geometrik sistema Aksioma bilan nazariya qurish namunasidir. XIX asr ikkinchi yarmidan matematikaning turli sohalari Aksioma bilan qurila boshlandi (turli geometriyalar, arifmetika, ehtimollar na-zariyasi va boshqalar). Aksiomaning keyingi taraqqiyoti, mukammalashuvi D.Gilbert kiritgan formal sistema va formalizm metodi bilan bogʻliq. Qadimda fanlar, shu jumladan falsafaning turli boʻlimlarini aksiomalar tarzida bayon qilishga urinib koʻrilgan (Nyuton, Spinoza, Forobiy va boshqalar)[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Aksiomatik metod" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil