Akvabog'
Akvapark- Yunusobod tumanining markazida, Boʻzsuv kanalining chap sohilida, „Oʻzekspomarkaz“ milliy koʻrgazma tashkilotining OAJ dam olish hududida joylashgan. Umumiy maydoni 4.1 gektar. Hozirgi Akvabogʻ, Toshkentlend va Yapon bogʻi hududlarida 1964-yilda „Gʻalaba“ madaniyat va istiroxat bogʻi tashkil etilgan. 1980-yilda „Gʻalaba“ bogʻi Xalq hoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi ichiga dam olish hududi sifatida qoʻshilgan. Akvabogʻda chinor, qaragʻay, archa, majnuntol turidagi daraxtlar oʻsadi, gulzor va maysazorlar yoʻlaklar atrofida tashkil etilgan. Bogʻda 5ta hovuz bor: oʻsmirlar hovuzi- chuqurligi 120sm; barcha choʻmiluvchilar uchun yaratilgan eng yirik hovuz; toʻlqinsimon hovuz-chuqurligi 180sm va har yarim soatda sunʼiy toʻlqin hosil qiladi; massaj hovuzi- chuqurligi 120sm, suv oqimi yordamida tanani massaj qiladi; bolalar hovuzi- sirpanish uchun 3ta turli xil ranglardagi tepalik boʻlib aynan yosh bolalar uchun moʻljallangan; kamalak-suv sirpanchiqlari hovuzi- chuqurligi 120sm hisoblanadi. Shuningdek, Akvabogʻda tibbiy yordam koʻrsatish uchun xona, amfiteatr, 4ta restoran, tammadi qilish va savdo qilish uchun shahobchalar mavjud. Boqqa tashrif buyuruvchilar Toshkentlenddagi dor yoʻli attraksionida sayr qilib, Akvabogʻ manzarasini yuqoridan koʻrishlari mumkin.