Al-Hakam ibn Avana
Al-Hakam ibn Avana (arabcha: الحكم بن عوانة الكلبي) – 731-740-yillarda Sind xalifalik viloyatining rahbari boʻlgan[1]. Xalifa Hishom ibn Abdulmalik Tamim ibn Zayd al-Utbiyning vafotidan soʻng uni rahbarlikka tayinlagan. Al-Hakam Sind va Kushda tartibni tikladi, al-Mahfuza va al-Mansurda mustahkam qal’alar qurdi. Shuningdek, al-Junayd tomonidan ilgari bosib olingan yerlarni qayta egallashga kirishdi.
Al-Hakam ibn Avana | |
---|---|
Sind Umaviylar rahbari al-Hakam ibn Avana al-Kalbiyning tangasi | |
Umayyad Governor of Sindh | |
Mansab davri 731 – 740 | |
Oʻtmishdoshi | Tamim ibn Zayd al-Utbiy |
Vorisi | Hishom ibn Abdulmalik |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
740 hind |
Millati | Umaviylar |
Kasbi | Rahbar |
Yurish
tahrirArab manbalari yurishlar haqida batafsil maʼlumot bermagan, biroq hind manbalarida arab kuchlariga qarshi erishilgan ayrim gʻalabalar qayd etilgan, shuningdek, jangda arablar tomonidan magʻlub etilgan hukmdorlar haqida ham maʼlumotlar keltirilgan. Avanijanashraya Pulakeshinning Navsari yozuvida qayd qilinicha, arablar Saindhava, Kachchhela, Saurashtra, Chávoṭaka, Maurya, Gujar va boshqa hukmdorlarni yengib, Navsarigacha yetib borgan[2].
Chalukyalarning 120—121-yillarga (738—739) oid buyumlari shuni koʻrsatadiki, bundan biroz oldin musulmonlar Gʻarbiy Katxiyavardagi Bhumilkaning Saindhavalarini, Kutchning Kachchellalarini, Saurashtradagi Maitraklarni, Janubiy Rojasthondagi Chavdani va Chitordagi Mauryalarni talon-taroj qilganlar. Bu roʻyxat oʻn ikki yil oldin al-Junayd tomonidan zabt etilgan va keyinchalik yoʻqotilgan hududlarga juda oʻxshaydi. Bu istilolar Tamim Zayd davrida yoʻqotilgani va musulmonlar 121/739-yilga kelib yana Gujaratning janubi-sharqiy chekkasiga yetib borganligi sababli, al-Hakam yoki uning qoʻmondonlari haqiqatan ham bu hududlarning barchasini qayta qoʻlga kiritgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Wink, André. Al-Hind, the Making of the Indo-Islamic World, Volume 1: Early Medieval India and the Expansion of Islam, 7th–11th Centuries. 3rd ed. Leiden: E. J. Brill, 1996. ISBN 90-04-09249-8
- ↑ Diwakar, Ranganath Ramachandra. Karnataka Through the Ages: From Prehistoric Times to the Day of the Independence of India (en). Literary and Cultural Development Department] Government of Mysore, 1968 — 267-bet.
- ↑ Blankinship, Khalid Yahya. The End of the Jihâd State: The Reign of Hishām Ibn ʿAbd al-Malik and the Collapse of the Umayyads (en). State University of New York Press, 1994-06-28 — 188-bet. ISBN 978-0-7914-9683-1.