Al-Hansa
Al-Xansa binti Amr (arab. الخنساء بنت عمر) — klassik arab adabiyotining mashhur shoiralaridan biri. U oʻz qardoshlariga atab yozgan marsiyasi bilan taniqlidir.
Al-Xansa binti Amr | |
---|---|
Asl ismi | Tumodir binti Amr |
Tavalludi | 575 |
Vafoti | 645 |
Ijod qilgan tillari | Arab tili |
Faoliyat turi | Shoira |
Hayoti
tahrirU Najd viloyatida, taxminan 575-yilda tug‘ilib, o‘sgan. "Xansa" so'zi aslida “burni puchuq” degan ma'noni anglatadi va chiroyli burunli qizlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan ismdir. Yosh qizga goʻzalligi uchun bu taxallus berilgan. Uning haqiqiy ismi Tumadir binti Amr. 629-yilda Muhammad payg‘ambar bilan uchrashib, musulmon bo‘ldi va she’rlari bilan Muhammad ibn Abdullohni ham hayratga sola oldi. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) she’rlarini yaxshi ko‘rardilar va undan she’r aytishini so‘rardilar. Shoira asosan, oʻlganlarga marsiya yozar edi. Al-Xansa vafot etgan akalari Sahr va Muoviyaga atab she’rlar yozgan. Arab adabiyotining eng mashhur shoiralaridan biri boʻlgan al-Xansaning toʻrt farzandi Islomni qabul qildilar. Qizi Amro ham oʻzi kabi gʻazal shoirasi boʻlgan. Qolgan barcha oʻgʻillari esa Qodisiya jangida halok boʻlishgan.[1]