Al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy
Al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy (arabcha: الحر بن عبد الرحمن الثقفي) – 718–716-yillarda Al-Andalus viloyatini boshqargan ilk Umaviy hokimi. Muso bin Nusayrning vorisi[1]. 717-yilda Pireney togʻlarini kesib oʻtgan ilk musulmon qoʻmondon boʻlib, Septimaniyaga hujum uyushtirgan kichik bosqinchilar guruhini boshqargan. Uning bosqinlari, asosan, muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan, shu sababli 718-yilda lavozimidan olingan[2].
al-Hurr ibn Abdurahmon al-Saqafiy | |
---|---|
الحر بن عبد الرحمن الثقفي | |
Al-Andalus hokimi | |
Oʻtmishdoshi | Ayyub ibn Habib al-Laxmiy |
Vorisi | As-Samh ibn Malik al-Xavloniy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Toif, Arabiston |
Ota-onasi | Abdurahmon ibn Ummu al-Hakam as-Saqafiy (otasi) |
Hokimligi
tahrir716-yilda Abdulaziz oʻldirilib, amakivachchasi Ayyub ibn Habib al-Laxmiy olti oy davomida hokimlik qilgan. Soʻngra ushbu lavozimga al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy tayinlangan. Oradan koʻp oʻtmay, Andalusiyaning maʼmuriy poytaxtini Sevilladan Kordovaga koʻchirgan[3].
Al-Hurr hokimligi davrida ikki tilda, yaʼni arab va lotin tillarida yozuv tushirilgan tangalar zarb qilingan[4]. Shuningdek, al-Hurr xalifalik shaharlariga Umaviy amaldorlarni yuborgan, koʻchmas mulk va ularga solinadigan soliqlar (tributa yoki yer soligʻi) boshqaruvi boʻyicha qoidalarni joriy qilgan. Nasroniylarning tortib olingan yerlarini qaytarib bergan, talon-taroj harakatlarini amalga oshirgani, tortib olingan mol-mulklarni yashirgani uchun Berberlarni jazoga tortgan[5]. Uning ishlarini keyinchalik as-Samh ibn Molik al-Xavloniy davom ettirgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Hitti (1956) p. 499
- ↑ Livermore (1947) p. 30
- ↑ Meri (2006) p. 175
- ↑ Kennedy, Hugh. Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus (en). Routledge, 2014-06-11 — 21-bet. ISBN 978-1-317-87041-8.
- ↑ Collins, R. (1989) pp. 45-47
- ↑ Collins, R. (1989) p. 48
Adabiyotlar
tahrir- Hitti, Philip K.. History of the Arabs: From the Earliest Times to the Present. London: Macmillan, 1956. OCLC 2068137.
- Livermore, H. V. A History of Portugal. Cambridge University Press, 1947. OCLC 1368719.
- Meri, Josef W.; Bacharach, Jere L. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Routledge, 1956. ISBN 0-415-96690-6.
- Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, USA: Blackwell, 1989. ISBN 0-631-19405-3.
Havolalar
tahrir- Historical and Geographical Motives for Muslim Operations North of the Pyrenees, in „The Battle of Tours-Poitiers Revisited“, from Providence: Studies in Western Civilization v.2 n.1 (1993)", by William E. Watson.
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 716–719 |
Keyingisi |