Al-Xattob ibn al-Hasan ibn Abil-Hifoz
Al-Xattob ibn al-Hasan ibn Abil-Hifoz – jangchi, shoir va ilohiyotshunos boʻlib, u Zuayb ibn Musoning bosh yordamchisi va Sulayhiylar sulolasi hamda Toyyibiy ismoiliylik daʼvosi uchun muhim shaxsga aylangan edi. U 1138-yilda al-Hajur ustidan nazorat qilish boʻyicha jiyanlari bilan boʻlgan nizoda oʻldirilgunga qadar shu lavozimda faoliyat yuritgan[1]. Al-Xattobning oʻrniga bosh yordamchi (maʼzun) etib Ibrohim ibn al-Husayn al-Hamidiy tayinlangan.
Hayoti
tahrirAl-Xattob Arva as-Sulayhiyning koʻkaldosh ukasi va Hamdandagi Qodom shahrida joylashgan Hajur qabilasining sardori edi. Arva as-Sulayhiy hukmronligi davrida u oʻz akasi Sulaymondan kelgan tahdidlarga duch keladi. Oxir-oqibat, al-Xattob unga qarshi jang qilishga majbur boʻlgan va toʻqnashuvlarning birida Sulaymon halok boʻlgan.
Al-Xattob Sulaymonning oʻgʻillarini oʻz qaramogʻiga oladi. Biroq, Sulaymon tarafdorlarining gijgijlashi oqibatida, uning oʻgʻillari 1138-yilda al-Xattobni qatl ettiradilar.
U Zuayb ibn Musoning bosh yordamchisi boʻlib, jangchi, shoir va ilohiyotshunos sifatida tanilgan edi[2].
Kitoblari
tahrirAl-Xattob „Munirat ul-Basaair“[3] va „Gʻoyat ul-Mavolid“[4] kabi ilohiyot mavzusidagi asarlar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, u sheʼrlar toʻplamini ham yozgan[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Daftary 2007, s. 264.
- ↑ Meri, Josef W.. Medieval Islamic Civilization: A-K, index. Taylor & Francis, 2006 — 70-bet. ISBN 9780415966917.
- ↑ „al-Sultan al-Khattab b. al-Hasan b. Abi al-Hifaz | The Institute of Ismaili Studies“. www.iis.ac.uk. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ Ivanow, Lewis. Ismailitica — 20-21, 56-57-bet.
- ↑ „Giant of Ismaili studies honored by younger generation“. international.ucla.edu. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Sayyid, Ayman Fuʾād. The Fatimids and their Successors in Yaman: The History of an Islamic Community. London and New York: I.B. Tauris, 2002. ISBN 978-0-8577-1258-5.