Alan Turing
Alan Turing (talaffuzi: Alan Tyuring) (inglizcha: Alan Mathison Turing; |23|06|1912 — |7|06|1954) — ingliz matematigi, logiki, kriptografi. U informatikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. 1950-yilda kompyuterni ongliligini tekshiruvchi Turing testini taklif etgan.
Alan Mathison Turing | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1912 yil, 23 iyun Maida Vale, London, Angliya |
Vafoti |
1954 yil, 6 iyul Wilmslow, Cheshire, Angliya |
Istiqomat joylari | Wilmslow, Cheshire, Angliya |
Sohasi | Matematika |
Tezis sarlavhasi | Systems of Logic based on Ordinals |
Akademik rahbarlari | Alonzo Church |
Mashhur shogirdlari | Robin Gandy |
Mashhur ishlari | Cryptanalysis of the Enigma, Turing machine, Turing test |
Mashhur sovrinlari |
|
Turing Ikkinchi jahon urushida nemislarning „Enigma“ nomli maxfiy shifrlovchi mashinasini buzishni uddalagan. 1950-yil oktyabr oyida „Mind“ jurnalida chop etilgan „Hisoblash mashinasi va intellekt“ nomli ilmiy maqolasida bir tajriba qo‘llashni taklif qilgan. Unga ko‘ra, kompyuter insonlar bilan muloqot qilganda odamlardek „fikrlay oladi“ va „muloqot qila oladi“, yaʼni kompyuterni o‘rgatish mumkin. Mazkur tajriba keyinchalik „Turing testi“ deb nomlanib, kompyuterlarning onglilik darajasini tekshirgan. „Tuuring testi“ni aksi bajarilishi natijasida CAPTCHA (hozirgi kunda internetda mashhur, odamlarning haqiqatdan odamligini tekshiruvchi test) o‘ylab topilgan.
Turing birinchilardan bo‘lib xotirasida dasturlarni saqlaydigan kompyuter yaratish mumkinligini isbotlovchi ilmiy ishini taqdim etgan. O‘zi hozirgi imkoniyatdagi kompyuterlarning ilk ajdodlarini yaratilishida qatnasholmagan bo‘lsa-da, nazariyasini yaratib bergan. Turing hatto shaxmatning kompyuter versiyasini ham ishlab chiqqan. Shuningdek, u matematik biologiya va kimyoga ham qiziqib, bu sohalarda ham izlanishlar olib borgan.
Shaxsiy hayotiTahrirlash
Turing Angliyada gomoseksuallarga qarshi qonun qurboniga aylandi. Qamoqda o‘tirish o‘rniga kimyoviy kastratsiya jazosiga rozi boʻlgan. Sianid moddasi bilan zaharlanib, halok boʻlgan. Olim oʻz joniga qasd qilgan deb ishoniladi. Ammo ayrimlar bunga shubha bildirib, Turing atayin zaharlanmaganiga ishonadi.
Oʻlimidan soʻngTahrirlash
Turing oʻlimidan 50 yil o‘tib, olimning 100 yoshi munosabati bilan u oqlana boshlandi. 2009-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri Gordon Brown Turing uchun o‘z xalqidan uzr so‘radi. 2013-yilda Angliya qirolichasi Elizabeth II tomonidan oqlandi.
2002-yilda Turing — „tarixdagi eng mashhur 100 ta britaniyaliklardan biri“ deb, 2009-yilda „Buyuk Britaniyadagi eng mashhur gomofobiya qurbonlaridan biri“ sifatida tan olingan.
Hisoblash mashinalari Uyushmasi (Association for Computing Machinery)ning yillik mukofotlaridan biri Turing sovrini deb nomlanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi eng obro‘li mukofo ushbu mukofot informatika boʻyicha Nobel mukofotiga tenglashtiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |