Alashan chala choʻl platosi
Alashan platosi chala choʻl ekogregioni (WWF ID: PA1302) Gobi choʻlining janubi-gʻarbiy qismini qamrab oladi, bu yerdagi togʻlarda yogʻingarchilik siyrak oʻsimliklar dunyosi rivoji uchun yetarli. Relefi balandligi 1,000 to 2,500 metr (3,300 to 8,200 ft) lik tepaliklar diapazonidan iborat. Mintaqa Xitoy-Moʻgʻul chegarasida joylashgan boʻlib, janubda Tibet platosi, shimol va sharqda Gobining qurgʻoqchil hududlari yastanib yotadi[1][2].
Alashan chala cho'li | |
40°45′21″N 100°29′45″E / 40.75583°N 100.49583°E | |
Mamlakatlar | Xitoy Moʻgʻuliston |
Joylashuvi | Osiyo materigi |
Maydoni | 673 397 km² |
Oʻrtacha yillik harorat | 0 °C (32 °F) dan past °C |
Joylashuvi va tavsifi
tahrirEkologik hudud gʻarbda Lop choʻli, janubda Tibet platosi va Qilian togʻlari, shimolda Oltoy togʻlarining Gobi choʻlidagi qirliklari va janubi-sharqda Helan togʻlari bilan chegaradosh boʻlgan choʻl havzalari va past togʻ tizmalarini oʻz ichiga oladi. Gobi choʻlining bu qismi Tibet platosining yomgʻir nisbatan kam yogʻadigan qurgʻoqchil hududida joylashgan, ammo shunday boʻlishiga qaramasdan yillik yogʻadigan yogʻinlar miqdori chalachoʻl zonasidagi siyrak oʻsimliklar dunyosini suv bilan taʼminlash uchun yetarlilik qiladi[3].
Iqlimi
tahrirEkologik hududning iqlimi salqin qurgʻoqchil iqlimdir (Köppen BWk). Bu iqlim odatda potentsial evapotranspiratsiyadan ancha past yogʻingarchilik boʻlgan qurgʻoqchil iqlimga xosdir. Bir necha oy davomida oʻrtacha harorat 0 °C (32 °F) dan past boʻlishi kuzatilgan[4][5]. Alashan platosida yillik yogʻin miqdori 150 millimetr (6 in) / yil ni tashkil etadi.
Flora va fauna
tahrirAlashan platosining oʻsimlik dunyosi bu hududda shakllanish va omon qolish uchun turli strategiyalardan foydalanadi. Ekologik maydoni asosan qum va yalang toshli hududlardan tashkil topgan boʻlsa-da, tuzga chidamli (galofitlar) va yogʻingarchilikning past darajasiga moslashgan (kserofitlar) oʻsimliklari boʻlgan past-baland tepalik hududlar ham mavjud. Saksovul (Haloxylon ammodendron) va yarim koʻp yillik Reaumuria soongorica kabi butalar tuproq barqarorligini oshirib, bu hududda boshqa oʻzimliklarning ham keng tarqalishiga imkon yaratadi. Namlik miqdori yuqoriroq boʻlgan hududlarda shuvoq (Artemisia hamda Zygophyllum) va Calligonum mongolicum oʻsimliklari keng tarqalgan. Qilian togʻlaridan oqib oʻtadigan suvlar baʼzi oʻtloqlarni suv bilan taʼminlaydi va sharqiy chekka togʻliklar boʻylab oqadigan Sariq daryo suvlari hisobiga mintaqada choʻl teraklari (Populus euphratica) va yulgʻun (Tamarix) singari bir qator choʻl dunyosi oʻsimliklari oʻsadi[1].
Alashan platosida endemik sutemizuvchilaridan bir boʻlgan Prjevalskiy gerbili mavjud.
Muhofazaga olinish holati
tahrirGobi Gurvansayxan milliy bog'i Moʻgʻulistondagi ekoregionning shimoliy markaziy qismida joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Alashan Plateau semi-desert“ (en). World Wildlife Federation. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ „Map of Ecoregions 2017“ (en). Resolve, using WWF data. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ Walker, J.S. (July–August 1982). "Deserts of China: Deserts now make up more than 13 percent of the land area in China, and various methods are being used to transform them into farmland". American Scientist (Sigma Xi, The Scientific Research Honor Society (JSTOR)) 70 (4): 366–376.
- ↑ Kottek, M., J. Grieser, C. Beck, B. Rudolf, and F. Rubel, 2006. „World Map of Koppen-Geiger Climate Classification Updated“ (en). Gebrüder Borntraeger 2006. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Dataset - Koppen climate classifications“ (en). World Bank. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.