Alberto Dossena (1998-yil 13-oktabrda Italiyaning Breshia shahrida tugʻilgan) – italiyalik futbolchi, „Komo“ klubi himoyachisi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Atalanta

tahrir

Alberto Dossena „Lumedzane“ futbol klubi akademiyasida taʼlim olayotganida „Atalanta“ skautlari eʼtiborini tortgan. 2015-yil yozida transfer amalga oshirilgan. 2017-yil 31-yanvarda Dossena B seriyasidagi „Perugia“ jamoasiga ijaraga berilgan[1]. 4-mart kuni u „Avellino 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda professional darajadagi debyutini oʻtkazgan va uning jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻsha yilning 28-oktabrida Dossena „Cremonese“ darvozasiga oʻzining birinchi golini urgan[2]. Ijaradan qaytgan futbolchi darhol C seriyasidagi „Siena“ jamoasiga yoʻl olgan. Biroq, u atigi olti marta maydonga tushgan. Keyingi ikki mavsumda Dossena uchinchi ligada qolib, „Pistoyeze“[3] va „Alessandria“[4] kabi jamoalarda toʻp surgan.

Avellino 1912

tahrir

2020-yil 15-sentabrda Alberto Dossena bir qator ijara shartnomalaridan soʻng „Atalanta“ni tark etgan va „Avellino 1912“ bilan shartnoma imzolagan[5]. U tezda asosiy tarkibdan joy olgan va ketma-ket ikki mavsum davomida jamoaga ligada koʻtarilish uchun kurashda yordam bergan. U jami 54 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan.

Cagliari

tahrir

2022-yil 12-avgustda u A Seriyadan tushib ketgan „Cagliari“ jamoasiga yangi futbolchi sifatida namoyish etilgan[6]. Klub tarkibida Antonio Barreka va Edoardo Goldani unga jiddiy raqobatchilar boʻlishgan. Debyuti 26-dekabr kuni „Kozentsa“ klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan[7]. Mavsumning ikkinchi yarmida Klaudio Ranyeri bosh murabbiylik lavozimiga kelgach, Dossena asosiy tarkibdan joy olgan. 2023-yil 11-iyun kuni „Bari“ga qarshi pley-off oʻyinida Dossena oʻz jamoasi bilan A Seriyaga qaytishga muvaffaq boʻlgan[8].

2023-yilning 12-avgustida Dossena Italiya kubogi doirasida „Palermo“ga qarshi oʻyinda „Cagliari“ safidagi ilk golini urgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan[9]. A Seriyadagi debyuti 21-avgustda boʻlib oʻtgan, u „Torino“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan[10]. 30-avgust kuni Dossena „Cagliari“ bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan[11]. 11-noyabr kuni futbolchi A Seriya doirasida „Yuventus“ darvozasiga klub safidagi ilk golini kiritisha muvaffaq boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Perugia, UFFICIALE: preso Dossena“ (it) (2017-yil 31-yanvar). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  2. „Perugia, che battaglia contro la Cremonese: 3-3“ (it) (2017-yil 28-oktyabr). 2023-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  3. „CALCIO / MERCATOPistoiese, ufficiale: arriva Alberto Dossena dall’Atalanta“ (it) (2018-yil 24-iyul). Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  4. „Alessandria Calcio: in difesa ecco il giovane Alberto Dossena“ (it) (2019-yil 2-avgust). 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  5. „Alberto Dossena all’Avellino: è Ufficiale“ (it) (2020-yil 15-sentyabr). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  6. „Dossena è del Cagliari“ (it) (2022-yil 12-avgust). 2023-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  7. „Calcio: il Cagliari ritrova il sorriso, 2-0 al Cosenza“ (it) (2022-yil 27-dekabr). 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  8. „Serie B: Bari-Cagliari 0-1, rossoblù in Serie A“ (it) (2023-yil 11-iyun). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  9. „Cagliari avanti in Coppa col brivido: Palermo battuto 2-1 ai supplementari con Dossena e Di Pardo“ (it) (2023-yil 13-avgust). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  10. „TORINO VS CAGLIARI“ (it) (2023-yil 21-avgust). 2023-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  11. „Dossena rinnova con il Cagliari“ (it) (2023-yil 30-avgust). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.