Albrecht Becker
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. (2024-04) |
Albrecht Becker (1906-yil 14-noyabr – 2002-yil 22-aprel) germaniyalik prodyuser, fotograf va aktyor boʻlib, natsistlar rejimi tomonidan gomoseksuallikda ayblanib qamalgan.
Albrecht Becker | |
---|---|
Becker tax. 1930-yilda | |
Tavalludi |
14-noyabr 1906-yil |
Vafoti |
22-aprel 2002-yil (95 yoshda) Gamburg, Germaniya |
Fuqaroligi | Germaniya |
Kasbi | Aktyor |
Shahsiy hayoti
tahrirGermaniyaning Thale shahrida tugʻilgan Becker oʻqituvchilik kasbini egallagan. Oʻn sakkiz yoshida u Würzburgdagi Davlat arxivi direktori Jozeph Friedrich Abert bilan aloqalarni boshladi. Oʻn yillik aloqalar davomida aktyor bir qator nufuzli va sanʼatkor odamlar bilan uchrashdi. Bu uchrashuvlar uning aktyor va prodyuser sifatidagi faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Hayotining qolgan qismida fotografiya bilan shugʻullandi. Freiburg va Viennada yashagan davrida ilk koʻrgazmalari namoyish etish orqali pul topa boshladi. Shuningdek gazeta va jurnallarga suratlar olish orqali ham daromad qildi[1].
Würzburg
tahrirWürzburg – Bavariya janubida joylashan shahar. 1930-yillarda Würzburgda yashagan yahudiy doktor Leopold Obermayer mahalliy politsiya boʻlimiga pochtasi ochilayotganidan shikoyat qiladi. Shikoyat Gestapo tomonidan koʻrib chiqilgan. U Obermayerning uyini tintuv qilish huquqini oldi va uning seyfida yigitlarning bir qancha fotosuratlarini topdi. Topilgan fotosuratlar ichida Albrecht Beckerning surati ham boʻlganligi sababli 1935-yilda 175-bandni buzganlikda gumon qilinib, tergovga tortiladi[2].
Becker hamma uning gomoseksual ekanligini bilishini ommaviy tarzda taʼkidlagan. Natijada Obermayer ham, Becker ham tergovga tortilgach, Bekker Nürnbergda uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Obermayer esa 175-bandni buzganlikda ayblangan, ammo yahudiy sifatida Dachau kontslageriga yuborilgan. Ammo u yerda qiynoqqa solinganligi sababli Mauthauzen-Guzen kontslageriga koʻchiriladi va mana shu kontslagerda vafot etadi.
Urushning oxiriga kelib, yoʻqotishlar askarlarni oʻrnini tolʻldirish maqsadida Becker Vermaxtda xizmat qilish uchun ozod qilgacha 1944-yilgacha Rossiya frontida xizmat qiladi. Becker 2000-yilda suratga olingan Paragraph 175 hujjatli filmida urush paytida boshidan kechirganlari haqida gapirgan[3].
- ↑ „Holocaust Memorial Day Trust | Albrecht Becker“ (en). Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Dana, Visit the USC; Letters, David College of; Arts; Sciences „Gay Pride: Albrecht Becker on gay life in 1934 Germany“ (en). USC Shoah Foundation. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Dana, Visit the USC; Letters, David College of; Arts; Sciences „Albrecht Becker on his arrest“ (en). USC Shoah Foundation. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.