Aleksandr Abdalin
Aleksandr Stepanovich Abdalin (1906-yil 25-dekabr, Saratov viloyati Xmelinka — 1978-yil 23-oktabr, Toshkent ) — Oʻzbekiston SSR davlat va siyosiy arbobi; Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining oʻrinbosari (1963—1978).
Tarjimai hol
tahrirAleksandr Stepanovich Abdalin 1906-yil 25-dekabrda Saratov guberniyasining Xmelinka shahrida[1] kambag‘al dehqon oilasida tug‘iladi[2].
U 1922-yildan mardikor sifatida ishlagan[3]. 1923-yilda komsomol, 1930-yilda – BKP(b)ga a’zo bo‘ladi. O‘zbekiston Kompartiyasi(b) MK instruktori, O‘zbekiston KP(b) MK bo‘lim mudiri o‘rinbosari va bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Kompartiyasi(b) Farg‘ona viloyat qo‘mitasi 2-kotibi lavozimlarida ishlaydi[4].
1959-yil 23-martgacha — O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qo‘mitasining 2-kotibi.
Abdalin 1963-yildan—1978-yil 2-oktabrgacha — O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining o‘rinbosari; bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida — O‘zbekiston Respublika tabiatni muhofaza qilish jamiyati raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 3—9-chaqiriqlar deputati.
Aleksandr Abdalin 1978-yil 23-oktabrda vafot etadi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Mukofotlari
tahrirXotirlash
tahrirSirdaryo viloyatida paxtachilik sovxoziga A.S.Abdalin nomi beriladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Ныне территория относится к Саратовской области (см.: „Хмелинка Саратовской области“. Генеалогическая база знаний: персоны, фамилии, хроника. 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.).
- ↑ „Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898 - 1991“.
- ↑ „Мемориал памяти“.
- ↑ „Сentrasia.org“.