Aleksandr Bedritskiy
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 12:08, 24-Oktyabr 2023 (UTC) (5 oy avval) da tahrir qilingan. |
Aleksandr Ivanovich Bedritskiy (1947-yil 10-iyul, Angren, Oʻzbekiston SSR) – Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi (2009–2018). 1993-yildan 2009-yilgacha Rossiya Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi federal xizmati (Rosgidromet) boshligʻi boʻlgan.
Tarjimai holi tahrir
1975-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.
1980–1992-yillarda Oʻzbekiston respublika gidrometeorologiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan.
1992–1993-yillarda Rossiya Federatsiyasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Bedritskiy 1993-yilda Rogidrometni boshqargan va 1998-yil iyun va noyabr oylarida Sergey Kiriyenko va Yevgeniy Primakovning idorasida yana Rosgidromet rahbari lavozimiga tasdiqlangan.
2003-yilda Aleksandr Bedritskiy Butunjahon meteorologiya tashkiloti prezidenti etib saylandi. 2007-yilda ikkinchi toʻrt yillik muddatga qayta saylandi. 1978-yildan buyon Butunjahon meteorologiya tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida hamda ekologiya konventsiyalari ishtirokchilari konferensiyalarida, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama shartnomalarda faol ishtirok etib kelmoqda. U 1993-yil may oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Butunjahon meteorologiya tashkilotidagi doimiy vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Aleksandr Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan.
2009-yil 27-noyabrdan 2018-yil 22-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlgan.
2010-yil 25-yanvardan 2018-yil 18-iyulgacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Oilasi tahrir
Aleksandr uylangan va uning uchta oʻgʻli va toʻrtta nevarasi bor.
Manbalar tahrir
- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi Aleksandr Ivanovich Bedritskiy Rossiya Federatsiyasi Prezidentining veb-sayti
- Bedritskiy Aleksandr Ivanovich realeconomy.ru veb-saytida
- Rogidromet rahbari nafaqaga chiqdi