Aleksandr Grushevskiy
Aleksandr Vasilyevich Grushevskiy (1932-yil 18-avgustda tugʻilgan – 2020-yil 17-avgustda vafot etgan[1]) – sovet shaxmatchisi, SSSR sport ustasi (1959-yil), murabbiyi. Oʻrmon melioratsiyasi muhandisi.
Aleksandr Vasilyevich Grushevskiy | |
Tugʻilgan sanasi: | 18-avgust 1932-yil |
Tugʻilgan joyi: | Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafot sanasi: | 17-avgust 2020-yil (87 yosh) |
Vafot joyi: | Тoshkent, Oʻzbekiston |
Yashash joyi: | SSSR |
Unvoni: | SSSR sport ustasi (1959-yil) |
Shaxmatchi Aleksandr Grushevskiy Toshkentning „Mehnat“ jamoasida oʻynagan. Sakkiz karra Oʻzbekiston SSR chempioni (1956-, 1958-, 1960-, 1962-yillarda – 1-oʻrin; 1953-, 1961-yillarda – 1-2-oʻrin; 1954-yilda – 1-3-oʻrin; 1955-yilda – 2-oʻrin, musobaqadan tashqari L.Shamkovich bilan oʻynagan).
SSSRning XXIX chempionati yarim finalida 7-oʻrinni egallagan. 1959-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo mamlakatlari I xalqaro turnirida gʻolib deb topilgan.
Qolaversa, Aleksandr Grushevskiy Xodjayev xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan turnirda (1978/1979-yillar) – 3-4-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
B.Baranov, M.Muxitdinovlar bilan birga 1958-yilda Xitoyda boʻlgan.
Aleksandr Grushevskiy oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster, FIDE jahon chempioni (2004-yilda) Rustam Qosimjonovga murabbiylik qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Skonchalsya izvestniy shaxmatist, mnogokratniy chempion Uzbekskoy SSR Aleksandr Grushevskiy. Data obraщeniya: 18-avgusta 2020. Arxivirovano 15-yanvarya 2021 goda.
Adabiyotlar
tahrir- Shaxmatniy slovar / gl. red. L. Ya. Abramov; sost. G. M. Geyler. – M.: Fizkultura i sport, 1964. – S. 229. – 120 000 ekz.
Havolalar
tahrir- Partii Aleksandra Grushevskogo v baze Chessgames.com (angl.)
- Lichnaya kartochka Aleksandra Grushevskogo na sayte 365chess.com (angl.)