Aleksandr Katsenovich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Aleksandr Lvovich Katsenovich (1897.4.5, Belarus — 1962.1.9, Toshkent) — infeksionist-terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari doktori (1939), professor (1939), Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1924). Toshkent tibbiyot akademiyasi infeksion kasalliklar klinikasi dotsenti (1932—39), 1939-yildan klinika boshligʻi. Ilmiy ishlari brutsellyoz, ich terlama kabi yuqumli kasalliklar klinikasi va davosiga oid. Oʻzbekistonda uchraydigan gemorragik isitmani birinchi boʻlib aniqlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |