Aleksandr Alekseyevich Koldayev — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosiy arbobi.

Aleksandr Alekseyevich Koldayev
Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1948 – 1949-yillar
Avvalgisi Abdurahmonov Аbdurajab
Keyingisi Каmolov Sobir Kamolovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907-yil
Тoshkent
Vafoti 1974-yil 20-aprel
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Koldayev Aleksandr Alekseyevich 1907-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1939-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Aleksandr Alekseyevich 1931-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1931—1974-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat komiteti kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat komiteti kotibi, birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Shu bilan birga, Koldayev Oʻzbekiston SSR Suv xoʻjaligi vaziri, Oʻrta Osiyo sugʻoriladigan dehqonchilikni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Toshkent qishloq xoʻjalik instituti Oʻsimlikshunoslik kafedrasi mudiri vazifalarida ham mehnat qilgan.

Aleksandr Alekseyevich Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosiy arbobi Koldayev 1974-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar

tahrir