Aleksandr Sergeyevich Kuzin (1953-yil 15-oktyabr) rus rejissyori va teatr oʻqituvchisi. Rossiya xalq artisti (2011). Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, pedagogika fanlari nomzodi, professor, Rossiya Prezidiumi ASSITEJ boʻlimi aʼzosi. Lenin nomidagi mukofot sovrindori. Teatr sanʼati sohasidagi xizmatlari uchun olti karra Fyodor Volkov mukofoti (Yaroslavl viloyati) laureati. Uch marta eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun Samara teatri Muse mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Aleksandr Kuzin
Tugʻilgan sanasi 15-oktyabr 1953-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktyor, professor, teatr xodimi
Faoliyat yillari 1975

Ijodiy yoʻli tahrir

Aleksandr Sergeyevich Toshkent teatr institutining aktyorlik fakultetini (1975), keyin rejissyorlik (1983) fakultetini tamomlagan.

Kuzin Toshkent rus drama teatrida 40 dan ortiq rollarni ijro etgan va filmlarda suratga tushgan. 1982–1990-yillarda shu teatrda rejissyor boʻlib ishlagan.

Keyinchalik G. Tovstonogov, A. Efros, M. Tumanishvili, M. Zaxarov, A. Shapirodan rejissyorlik mahoratlaridan saboq oldi. Kuzin 70 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirgan.

Aleksandr 1990-yildan 2003-yilgacha Yaroslavl Yoshlar teatrining bosh rejissyori (badiiy rahbari) boʻlib faoliyat yuritgan va u yerda 40 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirgan[2].

Hozirda SamART (Samara) teatrining bosh direktori, Yaroslavl davlat teatr instituti professori hamda aktyorlik ustaxonasi rahbari boʻlib faoliyat olib kelmoqda.

Filmografiyasi tahrir

Kuzin 1985-yil „Vina leytenanta Nekrasova“ filmida Aleksey Lugovoy, uchuvchi va 1987-yil „Voskresniy den v adu“ filmida rus eskadrasi komandiri rollarini ijro etgan.

Xalqaro hamkorlik tahrir

Aleksandr Kuzin zamonaviy turk muallifining spektaklini Rossiyada sahnalashtirish boʻyicha rus-turk loyihasini amalga oshirdi. Germaniyadan kelgan aktyorlarning teatrdagi ishlariga rahbarlik qildi. O'zbekiston, Turkmaniston va Qirg'iziston uchun aktyorlar, teatr va kino rejissyorlarining katta guruhini tayyorladi. Bundan tashqari Germaniya va Janubiy Koreyada teatr mahorati darslarini oʻtkazgan.

Manbalar tahrir

  1. „Кузин Александр Сергеевич“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  2. „Кузин Александр Сергеевич“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.