Aleksandr Pavlovich Maksimov (1857-yil 20-fevral1917-yil 20-fevral) – rus arxitektori, qurilish muhandisi. Sankt-Peterburg, Vladimir, Novgorod, Penza, Toshkent va boshqa shaharlardagi qurilish loyihalari muallifi. Sankt-Peterburg qurilish ustalari maktabida (1881–1884), qurilish muhandislari institutida (1884-yildan) va texnologik institutda (1900-yildan) oʻqituvchi.

Aleksandr Pavlovich Maksimov
Tavalludi 20-fevral 1957-yil
Vafoti 20-fevral 1917-yil

Hayoti tahrir

Boshlangʻich taʼlimni xususiy Keller gimnaziyasida, ikkinchi Sankt-Peterburg gimnaziyasida va 6-klassik gimnaziyada olgan. 1873-yilda Sankt-Peterburg qurilish maktabiga oʻqishga kirdi. 1879-yilda Sankt-Peterburg qurilish maktabini 10-sinfini tugatgan. Xuddi shu yili u Ichki ishlar vazirligiga xizmat qilish uchun qabul qilingan[1]. 1881–1884-yillarda V.A.Shröterning yordamchisi boʻlib ishlagan[2].

Shahar okrugi meʼmori (1888-yildan), shahar hokimiyati katta meʼmori boʻlgan. Sankt-Peterburg qurilish ustalari maktabida (1881–1884), qurilish muhandislari institutida (1884-yildan) va texnologik institutda (1900-yildan) oʻqituvchilik qilgan. Sankt-Peterburg meʼmorlar jamiyatining haqiqiy aʼzosi (1882-yildan) va kotibi (1884–1890) boʻlgan[3]. Xalq taʼlimi boʻlimi meʼmori boʻlgan (1903–1909)[4][5]. Vladimir, Novgorod, Penza, Toshkent va boshqa shaharlarda qurilish loyihalari muallifi hisoblanadi. 1892-yildan boshlab Sankt-Peterburgdagi bir qator binolarni rekonstruksiya qilishda, 1900-yillarda esa kasalxonalar va turar-joy binolarini qurishda ishtirok etgan. Toshkentda amalga oshirgan mashhur loyihalaridan biri Toshkent real bilim yurti loyihasi hisoblanadi (Vilgelm Geynselman bilan hammualliflikda).

1897-yilda xizmat stajiga koʻra u davlat maslahatchisi lavozimiga koʻtarilgan[6].

1917-yil 20-fevralda (5-mart) vafot etgan[7].

Oilasi tahrir

E.I.Maksimova bilan birinchi turmushida uning ikki oʻgʻli bor edi: Sovet botaniki Nikolay va arxitektor Aleksandr. A.P.Duxanina bilan ikkinchi nikohidagi oʻgʻillaridan biri Vladimir (1892–1942) ham meʼmor boʻlgan[8].

Loyihalari tahrir

Penza tahrir

  • Penza chizmachilik maktabi (1892–1897, K.A.Savitskiy ishtirokida);
  • Penza real maktabi (1900–1904).

Sankt-Peterburg tahrir

  • N.K.Vadbolskaya saroyi (1888);
  • Efron bosmaxonasi binosi (rekonstruksiya; 1890);
  • Politsiya arxivi binosi (rekonstruksiya; 1890);
  • E.I.Brusova saroyi (qayta qurish; 1894);
  • Aleksandr bogʻidagi M.Lermontov va N.V.Gogol haykali (1896, haykaltarosh V.P.Kreytan)[9][10];
  • Texnologik institut binolari (asosiy binoni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kimyo laboratoriyasini qurish; L. P. Shishko bilan birgalikda; 1897–1899);
  • Nobel assambleyasi binosini rekonstruksiya qilish (1899–1900);
  • Qurilish muhandislari instituti binosi (kengaytirish; 1899—1900);
  • 2-Rojdestvenskaya ayollar gimnaziyasi va Mariinskiy maktabi binosi (1899—1901);
  • Turar-joy uyi (1901—1902);
  • Tenishevskiy maktabi binosi (qisman ichki rekonstruksiya; 1903);
  • N.N.Shebeko saroyi (1909);
  • Temir yoʻl muhandislari instituti binosi (1914–1915).

Boshqa joylar tahrir

  • I.S.Maltsova nomidagi Zemstvo kasb-hunar maktabi. (meʼmor M.N.Chichagov va muhandis D.K.Sovetkin bilan birgalikda; 1885);
  • Yekaterinoslavlda ingliz klubi binosi uchun tanlov loyihasi (2-oʻrin, 1890)[11][12];
  • Yekaterinoslavldagi bank binosi uchun tanlov loyihasi (2-oʻrin, 1891)[13];
  • Irkutskdagi teatr binosi uchun tanlov loyihasi (3-oʻrin, 1893)[14];
  • Poltava viloyati zemstvo hukumati binosi (1895)[15];
  • Poltava kasb-hunar maktabining tanlov loyihasi (3-oʻrin, 1895)[16];
  • Toshkent real bilim yurti (V.S.Geyselman bilan birgalikda, 1896)[17];
  • Novgorod real maktabi (1902)[18];
  • Tula real maktabi (1908)[19];

Galereya tahrir

Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Высочайшие приказы // Зодчий : журнал. — СПб., 1879. — Iyul (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  2. Барановский 1893.
  3. Протокол собрания общества 16 февраля 1882 года // Неделя строителя : журнал. — СПб., 1882. — 28 fevral (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  4. Правительственные распоряжения // Зодчий : журнал. — СПб., 1904. — 10 oktyabr (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  5. Правительственные распоряжения // Зодчий : журнал. — СПб., 1909. — 26 iyul (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  6. Правительственные распоряжения // Неделя строителя : журнал. — СПб., 1900. — 30 aprel (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  7. В Петроградском обществе архитекторов // Зодчий : журнал. — Andoza:Пг., 1917. — 26 mart (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  8. Кунките2 2009.
  9. „Лермонтову М. Ю., памятник (1896, скульптор Крейтан В. П.)“. Энциклопедия Санкт-Петербурга. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Гоголю Н. В., памятник (1896, скульптор Крейтан В. П.)“. Энциклопедия Санкт-Петербурга. 2016-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Конкурсный проект здания Английского клуба в Екатеринославле // Зодчий : журнал. — СПб., 1890. — Andoza:Бсокр.
  12. Деятельность ученых обществ. С.-Петербургское общество архитекторов // Неделя строителя : журнал. — СПб., 1890. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  13. Конкурсный проект здания Банка в Екатеринославле // Зодчий : журнал. — СПб., 1891. — Andoza:Бсокр.
  14. Конкурсный проект театра для г. Иркутска // Зодчий : журнал. — СПб., 1893. — Октябрь (Andoza:Бсокр).
  15. Здание Полтавской губернской земской управы // Зодчий : журнал. — СПб., 1895. — Февраль (Andoza:Бсокр).
  16. Здание Полтавской губернской земской управы // Зодчий : журнал. — СПб., 1895. — Август (Andoza:Бсокр).
  17. Реальное училище для г. Ташкента // Зодчий : журнал. — СПб., 1896. — Март (Andoza:Бсокр).
  18. Реальное училище для г. Новгорода // Зодчий : журнал. — СПб., 1903. — 5 yanvar (Andoza:Бсокр).
  19.  // Зодчий : журнал. — СПб., 1908. — 17 fevral (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.

Havolalar tahrir