Aleksandr Remezkov
Aleksandr Aleksandrovich Remezkov (1962-yil 7-aprel Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) – VI, VII va VIII chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati. Davlat mudofaasi va milliy xavfsizlik muhofaza qilish boʻyicha federal byudjet xarajatlarini koʻrib chiqish komissiyasining aʼzosi.
Aleksandr Remezkov | |
---|---|
Tavalludi |
7-aprel 1962-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | Siyosatchi, Deputat |
Byudjet va soliqlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, „ADOLAT ROSSIYA“ fraksiyasi hamda „Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun“ partiyasining aʼzosi[1].
Rossiya-Ukraina urushini qoʻllab-quvvatlaganligi sababli – Yevropa Ittifoqining 27 davlati, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Shveysariya, Avstraliya, Yaponiya, Ukraina, Yangi Zelandiya sanksiyalariga uchragan.
Biografiyasi
tahrir1962-yil 7-aprelda Oʻzbekistonning Urganch shahrida tavallud topgan. 1984-yilda Volgograd muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. 1984—1990-yillarda „Krasnodargrajdanstroy“da usta, soʻngra bosh muhandis boʻlib faoliyat yuritgan. 1990—1994-yillarda kichik korxonalarda ishlagan boʻlsa, 1994—1998-yillarda „Exim“ ishlab chiqarish birlashmasi moliyaviy direktori lavozimida ishlagan. 1998-yilda viloyat Qonunchilik majlisining moliya, byudjet, banklar, soliqlar, investisiya faoliyati va tashqi iqtisodiy aloqalar qoʻmitasiga rahbarlik qilgan, ushbu lavozimni bajarish vaqtida deputat etib saylangan. 2000-yilda Kuban davlat agrar universitetini tamomlagan. 2001-yil yanvar oyida u Krasnodar oʻlkasi boshqarmasi boshligʻining moliya, byudjet va nazorat, iqtisodiyot va prognozlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. 2002-yil may oyidan 2008-yil iyunigacha u Krasnodar oʻlkasi maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan. 2008-yildan 2011-yilgacha u Krasnodar oʻlkasi banki – „Krayinvestbank“ OAJ direktorlar kengashi raisi boʻlib ishlagan. 2005-yil aprel oyida „Yagona Rossiya“ Butunrossiya siyosiy partiyasining Krasnodar oʻlkasi boʻlimining IX konferensiyasida partiyaning viloyat boʻlimi kotibining oʻrinbosari etib tayinlangan. Bu lavozimda u partiyaning viloyat moliya doiralari va biznes tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligi uchun masʼul boʻlgan. 2008-yildan 2011-yilgacha – Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi Krasnodar oʻlkasi boʻlimi raisi, Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan.
2011-yil dekabr oyida Aleksandr Remezkov „Yagona Rossiya“ partiyasidan federal roʻyxat boʻyicha oltinchi chaqiriq Davlat Dumasiga deputat etib saylangan.
2016-yil sentyabrida „Adolatli Rossiya“ partiyasidan yettinchi chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi deputati etib saylangan.
2021-yil sentyabr oyida u sakkizinchi chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga „Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun“ partiyasidan deputat etib saylangan.
Uylangan. Uch nafar farzandi bor[2].
Tanqid
tahrirAleksandr Remezkov muntazam ravishda jamoatchilik tomonidan tanqid qilinadi. Shimoliy Kavkaz uchun ekologik kuzatuv jamoat tashkiloti bir necha bor[3][4][5]. Remezkovni oʻrmon yerlarini va shaxsiy turar-joylar uchun suv havzalari qirgʻoqlarini tortib olganlikda ayblagan. 2016-yilda bir deputat tashkilot rahbarlariga tuhmat qilgani haqida Tergov qoʻmitasiga ariza yozgan[6], jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tintuvlar oʻtkazilgan. 2018-yilning yozida Ekologik kuzatuv koordinatori Andrey Rudomaxa tuhmatda ayblandi[7]. Ish hech qachon sudga kelmagan.
2019-yilning noyabrida Navalniyning Krasnodardagi bosh qarorgohi „Qoʻlidan kelgan deputat“[8] nomli tergov filmini tasvirga oldi. Film Aleksandr Remezkov va uning oila aʼzolariga tegishli boʻlgan mulk haqida hikoya qiladi. 17-noyabr kuni YouTube Remezkovning jiyani Andrey Arefyevning shikoyati tufayli filmni blokladi. Qoidabuzarliklar bartaraf etilgach, blokirovka olib tashlandi[9].
Xalqaro sanksiyalar
tahrirRossiyaning tajovuzkorligini qoʻllab-quvvatlagani va Rossiya-Ukraina urushi paytida Ukrainaning hududiy yaxlitligini buzgani uchun u turli mamlakatlarning shaxsiy xalqaro sanksiyalari ostidadir[10]. 2022-yil 23-fevraldan boshlab u Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarining sanksiyalari ostida[10] qoldi. 2022-yil 11-martdan keyin unga Buyuk Britaniya sanksiyalari qoʻyildi[10]. 2022-yil 24-martdan beri u „Putin urushida qatnashganlik“ va „Kremlning Ukrainaga bostirib kirish saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani“ uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan sanksiyalar ostida qoldi[11][12]. 2022-yil 24-fevraldan beri u Kanada[10], 2022-yil 25-fevraldan Shveysariya[10], 2022-yil 26-fevraldan boshlab u Avstraliya[10], 2022-yil 12-apreldan boshlab u Yaponiya[10] unga nisbatan sanksiyalar qoʻlladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2022-yil 7-sentyabrdagi farmoni bilan u Ukraina ham unga nisbatan sanksiyalar eʼlon qildi[13]. 2022-yil 3-maydan boshlab Yangi Zelandiya sanksiya joriy etgan davlatlar qatoriga qoʻshildi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ „Официальная страница депутата Госдумы Александра Ремезкова“. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-fevral.
- ↑ „Ъ-Ростов-на-Дону — Росимущество заглянуло через забор“. 2016-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
- ↑ „Сносу незаконных ограждений вокруг «дачи Ремезкова» помешала коррупция“. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „В Динском районе Краснодарского края обнаружено незаконное поместье депутата Александра Ремезкова“. 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „Депутат Ремезков и «дом его мечты»“. 2017-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „На лидеров «Эковахты по Северному Кавказу» завели дело о клевете“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „Координатора «Эковахты по Северному Кавказу» обвинили в клевете на депутата Госдумы Ремезкова из-за сообщений о его дачах“. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „Штаб Навального в Краснодаре выпустил расследование о депутате Госдумы Александре Ремезкове“. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ „YouTube разблокировал расследование краснодарского штаба Навального о депутате Госдумы Ремезкове“. 2019-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 10,6 „РЕМЕЗКОВ Александр Александрович“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.
- ↑ „Новые санкции после месяца войны. Кого включили в списки США и Британии и что им грозит“. BBC News Русская служба. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
- ↑ „U.S. Treasury Sanctions Russia’s Defense-Industrial Base, the Russian Duma and Its Members, and Sberbank CEO“ (en). U.S. Department of the Treasury (2023-yil 18-may). Qaraldi: 2023-yil 21-may.
- ↑ 13,0 13,1 „РЕМЕЗКОВ Александр Александрович“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.