Aleksandr Samoylovich

Aleksandr Nikolayevich Samoylovich [1880.17(29).12, Nijniy Novgorod – 1938.13.2, Moskva] – turkiyshunos olim, akademik (1929). Sankt-Peterburg universiteti sharq ftini tugatgan (1903). Shu universitetda oʻqituvchi, privatdotsent (1907– 17), prof. (1917–22). Leningrad Sharq tillari instituti prof. (1920–37), rektori (192225). SSSR Fanlar Akademiyasi gumanitar fanlar boʻlimi akademikkotibi (1929–33), Sharqshunoslik instituti direktori (1934–37). S. turkman, usmonli turk, oʻzbek, krimtatar tillari, folklori, etnografiyasi, adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Xususan, oʻzbek adabiy tili va mumtoz adabiyoti, folklori va etnografiyasiga oid 100 dan ortiq asar yozgan, oʻzbek adabiy tilining shakllanish yoʻllarini tadqiq etgan ("Chigʻatoy adabiy tilida "joʻqchilik" unsurlari", 1930; "Oʻzbek adabiy tilining qurilish yoʻllari haqida", 1932). Uning "Navoiy tuyuklari" (1917), "Chigʻatoylik Amiriy tuyuqlaridan" (1926), "Lutfiyning chigʻatoy cha tuyuklari" (1926), "19asr Xiva tuyuqlari" (1927) asarlarida oʻzbek adabiyotida tuyuq janri urganilib, uning uziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Atoiy, Bobur asarlarini urganish va nashr etish boʻyicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan. 1937 yilda nohaq qamoqqa olingan va otib tashlangan.

ManbalarTahrirlash

  • K istorii literaturi sredneaziatskoturetskogo yazika. – "Mir Alishir", L., 1928; Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, ch. 1 Tekst, Petrograd 1917.