Aleksandr Minasovich Shirvonzoda (taxallusi; asl familiyasi — Movsisyan), (1858.7(19).4, Ozarbayjon, Shemaxa shahri — 1935.7.8, Kislovodsk; Yerevanda dafn etilgan] — arman yozuvchisi. Armaniston va Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1930). Rus uyezd bilim yurtini tugatgan (1873). 1883-yilgacha Bokuda yashab, turli kasblarda ishlagan, ocherk va maqolalar yozgan. 1893-yildan Tbilisida yashagan. "Ardzagank" ("Akssado", 1886—91) haftalik gaz.da ishlagan. Parijda (1905—10), Tbilisida (1910—19) yashagan, soʻngra yana xorijga ketgan (1919—26), 1926-yil Armanistonga kelib, ijodiy ishini davom ettirgan.

"Nomus" (1885) romani va "Xusumat" qissasi (1897)da ozarbayjon xalqi hayoti, ibtidoiy urf-odatlar va yangicha qarashlar oʻrtasidagi ixtilof, inson ruhiyatidagi kechinmalar chuqur tasvirlangan. "Algʻovdalgʻov" romani (1898)da sanoatlashgan dunyo tartibsizliklarini yoritgan. "Artist" qissasi (1903)da iqtidorli mashshoq Levonning fojialarga toʻla hayoti hikoya qilinsa, "Nomus uchun" dramasi (1926)da boybadavlat Elizbaryanning bokira va sofdil qizi Margaritning pokiza tuygʻulari, otashin muhabbati kuylanadi.

Shirvonzodaning nasri va dramaturgiyasi arman adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi. Inson ruhiy olamining tubtubigacha kirib borish, taʼsirchanlik, ohangdorlik tamoyillari yozuvchi asarlarining yashovchanligini taʼminladi. Umrining soʻnggi yillarini Armanistonda oʻtkazgan 111. qator hikoya va ocherklarni eʼlon qildi, shuningdek, "Morganning choʻqintirilishi" (1926) siyosiy ruhdagi komediyasi, "Soʻnggi favvora" (1934) kinossenariysini yozdi, 2 j.li "Hayot tajribalaridan" memuar romani ustida ishladi.

Manbalar tahrir

  • Izbrannme soch., t. 1—3, M., 1957; Alina (qissa), T., 1963; Xusumat (roman), T., 1974; Xaos, Yerevan, 1975.

Adabiyot tahrir

  • Tamrazyan G.S., Shirvanzade, M., 1967.