Aleksandr Afanasyevich Spendiarov (Spendiaryan) – (1871.20.10 (1.11), Ukraina, Kaxovka shahri – 1928.7.5, Yerevan] – arman kompozitori, dirijyor, jamoat arbobi. Armaniston xalq artista (1926). Arman musiqasining klassigi, milliy simfonizm ("Erivan etyudlari", 1925 va boshqalar) va opera ("Almast", 1928) yaratuvchisi. Simfonik, vokalsimfonik, xor va boshqa asarlar muallifi. Armaniston opera va balet teatriga Spendiarov nomi berilgan (1939). Yerevanda Spendiarov uymuzeyi mavjud. 11 jildli mukammal asarlari toʻplami nashr etilgan (1943–85). Toshkentda 1953-yilda "Almast" operasi sahnalashtirilgan.