Aleksandr Tarxanov

rossiyalik futbolchi

Aleksandr Fyodorovich Tarxanov (ruscha: Александр Фёдорович Тарханов; 1954-yil 6-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik futbol murabbiyi va sobiq sovet futbolchisi.

Aleksandr Tarxanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Fyodorovich Tarxanov
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1954-yil (1954-09-06) (69 yosh)
Tavallud joyi Aksay, Qozoq SSR
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Yarimhimoyachi/Hujumchi

Xalqaro karyerasi tahrir

Tarxanov SSSR terma jamoasi safida 1976-yilning 28-noyabrida Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U 1982-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida oʻynagan, ammo yakuniy turnir tarkibiga kiritilmagan. UEFA Yevro-1984 uchun saralash oʻyinida ham oʻynagan. SSSR final turnirida ishtirok eta olmagan.

Murabbiylik karyerasi tahrir

2019-yil 11-aprelda Armanistonning „Pyunik“ klubi bilan shartnoma imzoladi[1].

2019-yil 30-oktabrda Tarxanov rivojlanish boʻyicha vitse-prezident boʻldi, uning yordamchisi Suren Chaxalyan bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Uning oʻgʻli Yuriy Tarxanov — professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Manbalar tahrir

  1. http://fcpyunik.am/hy/article/99
  2. „Suren Chakhalyan has been appointed acting head coach of Pyunik“. fcpyunik.am/. FC Pyunik (2019-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-noyabr.