Aleksandra Maltsevskaya
Aleksandra Maltsevskaya (ruscha: Александра Мальцевская ; 2002-yil 5-iyulda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, polyak ayol shaxmatchisi. U FIDE xalqaro usta (IM) unvoniga ega.
Aleksandra Maltsevskaya | |
---|---|
Mamlakat | Polsha |
Tugʻilishi | 5-iyul 2002-yil |
Saravha | Xalqaro usta |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2411 (oktyabr 2021-yil) |
Hayoti
tahrirAleksandra Maltsevskaya 2002-yil 5-iyulda Rossiyaning Rostav Don shahrida dunyoga kelgan. U Rostov-Don shahridagi shaxmat maktabi oʻquvchilaridan biri edi.[1] 2015-yilda u 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Rossiya chempionatida gʻoliblikka erishdi.[2]
2000-yillarda Maltsevskaya turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya nufuzini bir necha bor himoya qilgan. Jumladan, u oltita medalni qoʻlga kiritgan, bular: bitta oltin (2016-yilda, 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yevropa chempionatida[3]), ikkita kumush (2015-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida[4] va 2016-yilda 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida)[5] va ikkita bronza (2012-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida[6] va 2017-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida).[7] 2013-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida 11 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[8]
2018-yilda Maltsevskaya Turkiyaning Gebze shahrida oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi va FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi.[9][10] Hozirda Aleksandra Maltsevskaya shaxmat boʻyicha faoliyatini davom ettirmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Александра Мальцевская стала чемпионкой Европы“ (ruscha). rostovoblchess.ru. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Первенство России 2015 года по шахматам среди девушек до 15 лет“ (ruscha). Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „European Youth Chess Championship G14“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „25th European Youth Chess Championship 2015 U14 - Girls“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „World Youth Chess Championships 2016 G14“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „World Youth Championships 2012 - U10 Girls“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „World Youth Chess Championship 2017“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „World School Chess Championships 2013“. Chess-Results.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „FIDE World Junior Chess Championships 2018 - Girls October 2018 Turkey FIDE Chess Tournament details“. ratings.FIDE.com. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Maghsoodloo and Maltsevskaya are World Junior Champions 2018“. Chess News (16-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.