Aleksey Nikolaevich Cheglakov (1974-yil 13-martda tugʻilgan) — rus va oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni.

Aleksey Cheglakov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Rossiya / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1974-yil 13-mart
Kirov, RSFSR, SSSR
Boʻyi 185 sm
Vazni 90 kg
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Medallar

Osiyo oʻyinlari

1Chempion Pusan 2002 (96 kg)

Osiyo oʻyinlari

1Chempion Ulan-Bator 2001 (97kg)
3Bronza medali sohibi Olmaota 2004 (96 kg)

Tarjimai holi

tahrir

1974-yilda Kirov shahrida tugʻilgan. 1992-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1993-yilda jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1996-yilda bu natijani takrorlagan. 1999-yilda Jahon harbiy oʻyinlari chempioni boʻlgan.

2000-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynay boshlagan. 2001-yilda Osiyo chempioni boʻlgan va jahon chempionatida 6-oʻrinni egallagan. 2002-yilda Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan va jahon chempionatida yana 6-oʻrinni egallagan. 2003-yilgi jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. 2004-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sohibiga aylangan va Afinadagi Olimpiya oʻyinlarida atigi 14-oʻrinni egallagan.