Категория:Персоналии по алфавиту Категория:Википедия:Статьи о военных деятелях без портретов Aleksey Romanovich Dennett (1836 - 1917-yildan keyin) - Rossiya imperator armiyasining general-leytenanti. Buxoro amirligiga qarshi kurashgan. Samarqand qamalida ishtirok etgan.

Aleksey Dennet
Tavalludi Tula guberniyasi
Vafoti 1917-yildan keyin
Unvoni General leytenant

Biografiyasi

tahrir

Aleksey Dennet Tambov gimnaziyasining ingliz tili va adabiyoti o'qituvchisi Roman Dennet oilasida (1817-? ) 1836-yilning 9(21-yanvarida) tug'ilgan. Dennetlar Sasseks grafligidagi zodagonlar oilasidan chiqqan; XVIII asrning oxirida Robert va Elizabet Dennet Sankt-Peterburgga kelishgan, u yerda Elizabet Dennet pomeshchik yer egasi, knyaz Aleksandr Fedorovich Shcherbatovga o'qituvchilik qiladi. Aleksey Dennetdan tashqari Elizabet Dennetning tula guberniyasidagi pomeshchikdan qizi ham bor edi.

Aleksey Dennet 2-Moskva kadet korpusida tarbiyalangan; Shuningdek, u Moskva universiteti va Nikolayev akademiyasida tahsil olgan (1862-yil).

Harbiy xizmatni 1858-yilda, leytenant unvoni bilan boshlagan; 1861-yil 14-aprelda u shtab-kapitan, 1866-yil 2-iyulda bosh shtab kapitani etib tayinlangan. Bu vaqtda Aleksey DennetTurkiston viloyati harbiy gubernatori qo'shini tarkibida 1868-yilda Samarqand qamali va Iskandarko'l ekspeditsiyalarida qatnashgan. 1877-1878-yillardagi rus-tukr urushida ham qatnashgan.

1880-yilning 20-martidan boshlab Dennet Kavkaz harbiy okrugi shtab-kvartirasida xizmat qilgan; 15 dekabrdan - Erzurum (Turkiya)dagi Bosh konsul. 1882-yil 30-avgustda unga general-mayor unvoni berildi.

1893-yilda nafaqaga chiqqan va general-leytenant unvoni olgan[1].

1895-yilda Dennet Moskva viloyati zodagonlarining nasabnomasiga kiritilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Dennet Aleksej Romanovič // Erik-Amburger-Datenbank (olm.)