Aleksey Dmitriyevich Grekov
Aleksey Dmitriyevich Grekov (1873— 1957) — mikrobiolog va epidemiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1940). Tibbiyot fanlari doktori (1935), professor (1946). Oʻrta Osiyoda birinchi oʻlka bakteriologiya laboratoriyasini tashkil etgan (1918). Lab. ulka bakteriologiya institutiga aylantirilgach (1921), Epidemiologiya va mikrobiologiya instituti direktori (1921—31), 1938-yildan umrining oxirigacha Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti mikrobiologiya kafedrasining mudiri. Grekov Eron (1912) va Oʻrta Osiyoda (1924—28) ulat (toun) epidemiyasini tugatishda, chet eldan oʻlat oʻtishining oldini olish tadbirlarini koʻrishda faol qatnashgan. Grekov ich terlama va vaboga qarshi vaksina, chechak detriti ishlab chiqarish tashkilotchilaridan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |