Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844.7.2, Irkutsk — 1873.3.9.) — rus tabiatshunosi, Oʻrta Osiyoni tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan (1864). Zoologiyaga oid toʻplamlar va gerbariylar toʻplagan. Antropologiya va etnografiya bilan shugʻullangan. 1868—1871 yillarda Olay vodiysiga sayohat qilgan. Olay orti tizmasini oʻrgangan. Hisor Olay togʻ sistemasining orografik sxemasini tuzgan. Rishta kasalligi qoʻzgʻatuvchisining biologiyasini aniklagan. Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisiga chiqishda halok boʻlgan. Fedchenkoning toʻplagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, "A.P. Fedchenkoning Turkistonga sayohati" nomli rus tilidagi kitobida nashr qilingan (1872—1877 va 1950-yillar). Pomir togʻidagi muzlik Fedchenko nomi bilan atalgan.