Aleksey Gennadievich Yagudin (ruscha: Ягудин, Алексей Геннадьевич; 1973-yil 14-yanvar, Termiz, Oʻzbekiston SSR) – sovet va rus futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2000-yillarning boshidan Estoniyaning „Narva-Trans“ klubida murabbiylik lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Aleksey Yagudin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksey Gennadiyevich Yagudin
Tavallud sanasi 14-yanvar 1973-yil (1973-01-14) (51 yosh)
Tavallud joyi Termiz, Surxondaryo viloyati,
Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Narva-Trans (nurabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 Surxon 0 (0)
1990—1992 SKIF-Express KFK (.)
1993—1994 Volochanin 26 (0)
1994 Avangard (Kamishin) 15 (0)
1995 Volochanin 8 (0)
1996 Novotor (Torjok) KFK (.)
1996 Energiya (Velikiye Luki) KFK (.)
1997 Zenit-d (Sankt-Peterburg) 9 (1)
1997—1998 Energiya (Velikiye Luki) 46 (10)
1999—2004 Narva-Trans 137 (5)
Boshqargan klublari
2015— Narva-Trans
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Aleksey Termizning „Surxon“ klubida professional faoliyatini boshlagan. Surxon klubi debyut uchrashuvini oʻtkazmagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtganva 1990—1992-yillarda „Ekspress“/ „SKIF-Ekspress“ Velikie Luki jamoasida oʻynagan. 1993—1998-yillarda Rossiya quyi ligalarining turli jamoalarida, 1999—2004-yillarda Estoniyaning Narva-Trans klubida oʻynagan va 2001-yilda Estoniya kubogini qoʻlga kiritgan.

2002—2004-yillarda Narva-Trans klubida futbolchi-murabbiy boʻlgan. Keyinchalik Aleksey bir necha bor asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan. Yagudin asosiy jamoa bilan ishlashdan tashqari „Narva-Trans“ ayollar jamoasi va klub maktabida bolalar jamoalari bilan ishlagan.

Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasini (MGAFK) (1990—1995), Estoniya futbol assotsiatsiyasi kurslarini tamomlagan. UEFA murabbiylik Pro litsenziyaga ega[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Coach Alexei Yagudin Bio, Stats, & News — Football.com“ (deadlink). 2014-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.

Havolalar

tahrir