Alenka Star Be
Alenka Star Be (haqiqiy ismi - Alena Aleksandrovna Fedotova; 2009-yil 16-oktyabrda, Odintsovo, Moskva viloyatida tugʻilgan) - rossiyalik videoblogger (layker), qoʻshiqchi va radio boshlovchisi. Likee ijtimoiy tarmogʻidagi eng mashhur bloggerlardan biri.
Alenka Star Be | |
---|---|
Alena Aleksandrovna Fedotova | |
![]() | |
Tavalludi |
Alena Aleksandrovna Fedotova 16-oktyabr 2009-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi |
Videoblogger (layker) qoʻshiqchi va radio boshlovchisi |
Faoliyat yillari | 2018—hozirgacha |
Veb-sayti | alenkastarbe.com |
Imzosi | |
![]() |
2018—2019-yillarda Likee ijtimoiy tarmogʻiga oʻyin-kulgi, skeytch, raqs va lipsink kabi turdagi qisqa videolarni joylashtirish orqali shuhrat qozongan. 2020-yilda Likee jahon reytingida eng yaxshi 10 ta mobil ilovalar roʻyhatiga kirdi, bu esa akkaunt mashhurligining sezilarli darajada oshishiga yordam berdi. Alena ushbu ijtimoiy tarmoqning eng mashhur bloggerlari orasida MDHda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi[1].
Biografiyasi tahrir
Alena Aleksandrovna Fedotova 2009-yil 16-oktyabrda Rossiyaning Odintsovo shahrida tugʻilgan[2]. Keyinchalik u Zvenigorod yaqinidagi qishloqqa koʻchib oʻtdi va u yerda koʻplab videolarini suratga oldi[3]. Dastlab, qiz oddiy maktabda oʻqigan va boshlangʻich maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Vokal, xoreografiya va chizmachilik kurslariga borgan. Blog yuritish va kontsert berish zarurati tufayli mashhurlashishi bilan u uyda oʻqishni boshladi.
Biz Alenani uy taʼlimga oʻtkazish orqali oʻqish va blog yuritish jarayonlarini optimallashtirishga qaror qildik
— deydi bloggerning onasi[4].
Manbalar tahrir
- ↑ под ред. Д. Н. Туницына: „Alenka Star Be — певица, видеоблогер. Биография“. Российский видеоблогер и певица. Имеет более 20 млн подписчиков в социальной сети Likee, занимая тем самым четвёртое место в СНГ в соответствующем списке (ru). «7Дней.ru». «Издательство Семь Дней». 11-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-avgust 2021-yil.
- ↑ „Alenka Star Be — биография, фото, спектакли. Актриса“ (ru). «Афиша». 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2022-yil.
- ↑ Кен, Гуру „Рецензия: Alenka Star Be — Больше не пишу“. Alenka Star Be — настоящий феномен в детском интернете. У неё 22,5 млн подписчиков в сети Likee, почти 1 млн в Instagram, её видео набирают до 2 млн просмотров. А ещё она поёт (ru). NEWSmuz.com (29-avgust 2021-yil). 29-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2022-yil.
- ↑ Смотрицкая, Ольга „Как сделать ребёнка интернет-звездой и сохранить ему детство: 4 совета от мамы Алёны Федотовой“. Рассказываем, что важно знать родителям, если их ребёнок — популярный блогер. Или только собирается им стать (ru). «Летидор» (13-aprel 2020-yil). 11-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2022-yil.