Alex Chiasson (talaffuzi: Aleks Chiasson) (1990-yil 1-oktyabrda tug‘ilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Alex Chiasson hozirda Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Grand Rapids Griffins“ xokkey jamoasida o‘ynamoqda. U ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Dallas Stars“, „Ottawa Senators“, „Calgary Flames“, „Washington Capitals“, „Edmonton Oilers“ va „Vancouver Canucks“ xokkey jamoalarida faoliyat olib borgan edi.

Alex Chiasson
Chiasson Dallas Stars klubida
Tugʻilgan joyi 1-oktyabr 1990-yil (1990-10-01) (33 yosh)
Montreal, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
AHL
Sobiq jamoalar
Grand Rapids Griffins
Dallas Stars
Ottawa Senators
Calgary Flames
Washington Capitals
Edmonton Oilers
Vancouver Canucks
NHLga kirish drafti 38-oʻrindagi tanlov, 2009
Dallas Stars
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Alex Chiasson Montreal shahrida tugʻilgan va Saint-Augustin-de-Desmaures shahrida oʻsgan[1]. Chiasson „Montreal Canadiens“ xokkey klubining yoshlar jamoasi safida tarbiyalangan[2]. Alex Chiasson 4 yoshida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Alex Chiasson 2003 va 2004-yillarda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Montrealning Rive-Nord shahridagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[3].

Dallas Stars tahrir

2012-yil 26-mart kuni Alex Chiasson „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Alex Chiasson klubning AHL filiali „Texas Stars“ xokkey klubi safiga yuborildi[4].

Alex Chiasson NHLdagi debyutini 2013-yil 3-aprelda klub safida „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Chiasson oʻzining NHLdagi birinchi golini 2013-yil 5-aprelda „Anaheim Ducks“ xokkey jamoasi darvozaboni Viktor Fasth darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[5].

Ottawa Senators tahrir

Chiasson 2014-yil 1-iyulda blokbaster savdosida ishtirok etdi. Alex Chiasson Alex Guptill va Nicholas Paul bilan birga „Ottawa Senators“ xokkey klubiga hujumchilar Jason Spezza va Ludwig Karlsson evaziga almashtirildi[6]. Alex Chiasson 2014-yil 9-oktyabrda „Ottawa Senators“ klubi safidagi ilk oʻyinida gol urdi[7].

Calgary Flames tahrir

"Ottawa Senators" xokkey klubi 2016-yilning 27-iyunida Patrick Sieloff evaziga Alex Chiassonni „Calgary Flames“ xokkey klubiga almashtirdi[8]. Alex Chiasson cheklangan erkin agent sifatida „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan bir yillik 800 000 dollarlik shartnomaga imzo chekdi[9]. Alex Chiasson 2016—2017-yilgi mavsumda klub safida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 24 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi[10].

Washington Capitals tahrir

2017-yil 9-sentyabrda „Washington Capitals“ xokkey klubi Alex Chiasson bilan professional sinov shartnomasi (PTO) imzoladi. Yigʻin va mavsumoldi mashgʻulotlaridan soʻng, 2017-yilning 4-oktyabrida „Washington Capitals“ xokkey klubi Alex Chiasson bilan bir yillik 660 000 dollarlik shartnoma imzoladi[11]. Chiasson 2018-yilda „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan birinchi Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.

Edmonton Oilers tahrir

2018-yil 10-sentyabrda Alex Chiasson „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasini imzoladi[12]. Shundan soʻng, Alex Chiasson „Edmonton Oilers“ klubi bilan 2018-yil 14-dekabrda „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.

Vancouver Canucks tahrir

2021-yil 12-oktyabrda Alex Chiasson yig‘indagi muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi[13]. 2021—2022-yilgi mavsumda Alex Chiasson „Vancouver Canucks“ klubi tarkibida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ochko toʻpladi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2005—2006 Séminaire St-François Blizzard QMAAA 13 1 1 2 16 2 1 1 2 0
2006—2007 Séminaire St-François Blizzard QMAAA 43 12 18 30 41 18 4 18 22 18
2007—2008 Northwood School HS-Prep 45 35 46 81 26
2008—2009 Des Moines Buccaneers USHL 56 17 33 50 101
2009—2010 Boston universiteti HE 36 7 12 19 28
2010—2011 Boston universiteti HE 35 14 20 34 75
2011—2012 Boston universiteti HE 38 15 31 46 67
2011—2012 Texas Stars AHL 9 1 4 5 9
2012—2013 Texas Stars AHL 57 13 22 35 43 7 2 1 3 4
2012—2013 Dallas Stars NHL 7 6 1 7 0
2013—2014 Dallas Stars NHL 79 13 22 35 38 6 1 1 2 2
2014—2015 Ottawa Senators NHL 76 11 15 26 67 4 0 0 0 0
2015—2016 Ottawa Senators NHL 77 8 6 14 45
2016—2017 Calgary Flames NHL 81 12 12 24 46 4 0 0 0 2
2017—2018 Washington Capitals NHL 61 9 9 18 26 16 1 1 2 4
2018—2019 Edmonton Oilers NHL 73 22 16 38 32
2019—2020 Edmonton Oilers NHL 65 11 13 24 42 4 1 1 2 0
2020—2021 Edmonton Oilers NHL 45 9 7 16 33 3 1 0 1 0
2021—2022 Vancouver Canucks NHL 67 13 9 22 24
NHL jami 631 114 110 224 353 37 4 3 7 8

Manbalar tahrir

  1. Connolly, John. „BU's Alex Chiasson comes on strong“. The Boston Herald (2011-yil 7-fevral). Qaraldi: 2011-yil 15-fevral.
  2. D'Amanda, James. „USHL Alumni Voices: Alex Chiasson“. USHL.com (2010-yil 3-dekabr). 2011-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-fevral.
  3. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  4. „Stars agree to terms on entry level deal with Chiasson“. Dallas Stars (2012-yil 26-mart). Qaraldi: 2012-yil 26-mart.
  5. „Stars beat Ducks to avoid season sweep“. National Hockey League (2013-yil 5-aprel). Qaraldi: 2013-yil 5-aprel.
  6. „Senators trade Jason Spezza to Stars“. The Globe and Mail (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  7. „Predators beat Senators in Legwand's return“. The Sports Network (2014-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  8. „Flames acquire Alex Chiasson from Ottawa“. Calgary Flames (2016-yil 27-iyun). 2016-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  9. „Ottawa Senators trade Alex Chiasson to Calgary Flames“. Sportsnet.ca (2016-yil 27-iyun). Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  10. „Flames tender qualifying offers“. Calgary Flames (2017-yil 26-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
  11. „Capitals ink Alex Chiasson to one-year deal“. SportsNet (2017-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-oktyabr.
  12. „Oilers sign Alex Chiasson to professional tryout“. sportsnet.ca (2018-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  13. „Canucks Sign Alex Chiasson to One-Year Contract“. nhl.com (2021-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.