Alexander Charles Hurst (talaffuzi: Aleksandr Charlz Xurst) (1999-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Alexander Hurst „York City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Alex Hurst
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexander Charles Hurst[1]
Tavallud sanasi 6-oktyabr 1999-yil (1999-10-06) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Stoke-on-Trent, Angliya[3]
Boʻyi 1.73 m[4]
Ampluasi yarim himoyachi, chap qanot himoyachisi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
York City
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Crewe Alexandra
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Matlock Town
2018—2019 Bradford (Park Avenue) 25 (1)
2019—2022 Port Vale 21 (1)
2019—2020Bradford (Park Avenue) (ijara) 32 (0)
2022— York City 12 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-oktyabr uchun)

Oʻyin faoliyati tahrir

Dastlabki faoliyat yillari tahrir

Alexander Hurst yoshligida „Crewe Alexandra“ futbol klubi akademiyasida tarbiyalangan[5]. Keyinchalik Alexander Hurst 2018-yil avgust oyida Shimoliy Premer-liga vakili „Maltlock Town“ futbol klubiga qoʻshildi[6]. Alexander Hurst 2018-yil 19-oktyabrda Shimoliy Milliy Liga vakili „Bradford“ (Park Avenue) futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. Alexander Hurst 2018—2019-yilgi mavsumni 13 marta asosiy tarkibda dastlabki daqiqadan maydonga tushgan (yana 12 ta oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan) holda yakunladi[8].

Port Vale tahrir

2019-yil 3-avgustda Alexander Hurst Angliya futbol ligasi vakili „Port Vale“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. Shundan soʻng, Alexander Hurst „Bradford“ futbol klubiga ijara shaartnomasi asosida yuborildi. „Bradfort“ futbol klubhi bosh murabbiyi Garry Thompson shunday dedi: „U (Alexander Hurst)qattiq mehnat qildi va koʻplab yutuqlarga erishdi. Tabiiyki, biz eng yaxshi oʻyinchilarimizni saqlab qolishni istasak-da, transfer shuni koʻrsatadiki, biz isteʼdodlarni rivojlantirishga intilamiz, lekin taraqqiyot yoʻlida hech kimga toʻsqinlik qilmaymiz.“[10] 23-yanvar kuni Alexander Hurstning klub bilan imzolagan ijara shartnomasi muddati 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi[11].

Alexander Hurst „Port Vale“ futbol klubidagi ilk golini 2020-yil 10-noyabrda „Liverpool“ futbol klubi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda raqib darvozasiga kiritdi[12]. Keyingi oyda Alexander Hurst „Park Vale“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. BU shartnomadan soʻng, klub bosh menejeri Darrell Clarke „biz Alexander Hurst oʻzining faoliyatini rivojlantirishini intiqlik bilan kutamiz“ deb izoh berdi[13]. Alexander Hurst 2021—2022-yilgi mavsumdagi asosiy jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazdi[14].

York City tahrir

2022-yil 20-iyun kuni Alexander Hurst nomaʼlum toʻlov evaziga Milliy liganing „ York City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi[15].

Oʻyin uslubi tahrir

Alexander Hurst — koʻp qirrali oʻyinchi. Alexander Hurst chap qanot yarim himoyachisi, chap qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida harakat qila oladi[5]. Alexander Hurst oʻzining tezligi, toʻpni yaxshi nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Alexander Hurst oʻzining kichik tuzilishiga qaramay, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka egadir[16].

Statistika tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni
Bradford (Park avenue) 2018—2019 Shimoliy milliy liga 25 1 0 0 0 0 0 0 25 1
Port Vale 2019—2020[17] Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2020—2021[18] Ikkinchi liga 20 1 0 0 1 0 5 1 26 2
2021—2022[19] Ikkinchi liga 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0
Jami 21 1 0 0 1 0 7 1 29 2
Bradford (Park Avenue) (ijara) 2019—2020 Shimoliy milliy liga 32 0 1 0 0 0 2 0 35 0
Jami 57 1 1 0 0 0 2 0 60 1
York City 2022—2023 Milliy liga 12 2 0 0 0 0 0 0 12 2
Umumiy 90 4 1 0 1 0 9 1 101 5

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Port Vale“. English Football League. Qaraldi: 18-sentabr 2020-yil.
  2. „FootballSquads - Port Vale - 2020/2021“. www.footballsquads.co.uk. Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  3. „FootballSquads - Port Vale - 2020/2021“. www.footballsquads.co.uk. Qaraldi: 1-noyabr 2020-yil.
  4. „Alex Hurst - Midfielder - First Team - Port Vale“. www.port-vale.co.uk. 2019-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 „Alex Hurst“. Bradford (Park Avenue) AFC. 2019-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  6. Lomas, John. „Matlock may make late addditions to new-look squad“ (inglizcha). Matlock Mercury (8-avgust 2018-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  7. „Bradford (Park Avenue) sign Alex Hurst from Matlock“ (inglizcha). Bradford Telegraph and Argus (19-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  8. „Spennymoor Town vs. Bradford (Park Avenue) - 1 May 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  9. „Alex Hurst: Port Vale sign Bradford (Park Avenue) midfielder“. BBC Sport (3-avgust 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  10. Baggaley, Michael. „'He deserves everything he's got' - Non-league club on Hurst's Port Vale move“. Stoke Sentinel (5-avgust 2019-yil). Qaraldi: 5-avgust 2019-yil.
  11. „Hurst To Remain At The Avenue“. Bradford (Park Avenue) AFC (23-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  12. Baggaley, Michael. „Port Vale 4, Liverpool under-21s 2 - Report and ratings as Vale go through“ (inglizcha). StokeonTrentLive (10-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  13. Baggaley, Michael. „Port Vale winger Alex Hurst signs new deal“ (inglizcha). StokeonTrentLive (15-aprel 2021-yil). Qaraldi: 16-aprel 2021-yil.
  14. Baggaley, Michael. „Alex Hurst leaves Port Vale for John Askey's York City“ (inglizcha). StokeonTrentLive (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
  15. Simmonite, Dan. „Alex Hurst signs from Port Vale“ (inglizcha). York City F.C. (21-iyun 2022-yil). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
  16. Baggaley, Michael. „Port Vale sign midfielder from Bradford Park Avenue“. Stoke Sentinel (3-avgust 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  17. „Games played by Alex Hurst in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  18. „Games played by Alex Hurst in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 22-may 2020-yil.
  19. „Games played by Alex Hurst in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 22-may 2020-yil.