Alex Lynn
Alexander George Lynn (inglizcha: Alex George Lynn; 1993-yil 17-sentyabr, Esseks, Angliya, Buyuk Britaniya) —britaniyalik poyga haydovchisi. Williams Formula 1 jamoasda yordamchi poygachi[1][2].
Alex Lynn | |
---|---|
Lynn Silverstounda (2015-yil may) | |
Millati | britaniyalik |
Tugʻilgan joyi |
17-sentyabr 1993-yil Goodmayes, London, Angliya |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2016 |
Hozirgi jamoa | United Autosports |
Avtomobil raqami | 23 |
Sobiq jamoasi | Manor Motorsport, G-Drive Racing, Aston Martin Racing |
Startlar | 27 |
Gʻalabalar | 3 |
Pole pozitsiyasi | 4 |
Tez aylanishlar | 3 |
Faoliyati
tahrirLynn poygadagi faoliyatini 11 yoshida karting bilan boshlagan. U qatnashgan birinchi karting klassi Mini Maks edi. 2005-yilda George Lynn ICA Junior va KF3 (oʻsha paytda JICA) klasslarida qatnashgan va 2008-yilda KF2da debyut qilgan[3][4].
2009-yilda, kartingda qatnashishda davom etar ekan, Lynn Fortec Motorsport bilan Britaniyaning Formula Renault qishki kubogida ham debyut qildi. 4 ta poygada umumiy 3 marta marraga yetib keldi, shundan 2 tasida 8-o‘rin, 1 marta esa 9-o‘rinda 40 ochko jamg‘ari musobaqada 10-o‘rinni egalladi. 2010-yilda Alex nihoyat katta poygalarda ishtirokini boshladi. U Britaniyaning Formula Renault musobaqasida qatnashib, 20 ta poygada 210 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinni egalladi. Qishki kuboklar seriyasida 6 ta poygadan 3 tasida g‘alaba qozonib, 146 ball to‘pladi va chempion bo‘ldi. 2011-yilda Lynn uchta seriyada ishtirok etgan. Jumladan, Britaniyaning Formula Renault 2.0 poygasida u 20 poygadan 15 tasida (1-oʻringa — 12 marta) shohsupaga koʻtarilib, 521 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Toyota seriyasidagi 15 poygadan 12 tasida (Giles Motorsport jamoasi) 514 ball toʻpladi, buning natijasida u 9-oʻrinni egalladi. Formula Renault 2.0 Yevrokubogining 4 ta poygasida u bir marta 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi va 26 ochko toʻpladi[3].
2012-yilda Lynn Fortec Motorsport bilan Britaniya Formula 3 musobaqasida toʻliq mavsumni oʻtkazdi. 29 ta poygada 9 marta shohsupaga ko‘tarilib, 253 ochko jamg‘adi va mavsum yakunida 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek, „Fortec“ jamoasi uchun Formula 3 Euroseriyasining 6 ta poygasida, Formula 3 Masters va Makao Gran-prisida qatnashdi.
2014-yilda Lynn Carlin jamoasi tarkibida GP3 seriyasida debyut qildi, 207 ochko jamgʻarib, ilk britaniyalik sifatida seriya chempioniga aylandi. Shuningdek, u Lotus Formula 1 jamoasi uchun yrdamchi haydovchisi boʻldi. 2015-yilda Alex DAMS jamoasi uchun GP2 ga oʻtdi, 110 ball toʻpladi va chempionatda 6-oʻrinni egalladi. Keyinchalik Williams F1da yordamchi haydovchi boʻlib ishga kirdi. 2016-yildan buyon Lynn GP2da raqobatni davom ettirmoqda[3].
Natijalar
tahrirKarting
tahrirMavsum | Seriya | Jamoa | Oʻrin |
---|---|---|---|
2006 | Kartmasters British Grand Prix — ICA Junior | 12 | |
Super 1 National Championship — ICA Junior | 29 | ||
2007 | Kartmasters British Grand Prix — ICA Junior | 21 | |
Easykart International Grand Finals — 100cc | Easykart UK | DNF | |
Super 1 National Championship — ICA Junior | 16 | ||
2008 | Copa Campeones Trophy — KF2 | Ricky Flynn Motorsport | DNF |
Silver Cup — KF2 | 5 | ||
Bridgestone Cup Europe — KF2 | 15 | ||
Trofeo delle Industrie — KF2 | Ricky Flynn Motorsport | 6 | |
Super 1 National Championship — KF3 | 11 | ||
Trofeo Andrea Margutti — KF3 | Savani Competition Srl | 17 | |
2009 | Super 1 National Championship — KF2 | 6 | |
Asia-Pacific Championship — KF2 | Ricky Flynn Motorsport | 19 | |
South Garda Winter Cup — KF2 | DNF | ||
WSK International Series — KF2 | 34 |
GP2 Series
tahrirYil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | DC | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2015 | DAMS | BHR FEA 19 |
BHR SPR 15 |
CAT FEA 5 |
CAT SPR 1 |
MON FEA 13 |
MON SPR 11 |
RBR FEA 3 |
RBR SPR 20 |
SIL FEA 5 |
SIL SPR 6 |
HUN FEA 1 |
HUN SPR 9 |
SPA FEA 11 |
SPA SPR 8 |
MNZ FEA Ret |
MNZ SPR 10 |
SOC FEA Ret |
SOC SPR 10 |
BHR FEA 8 |
BHR SPR 3 |
YMC FEA 8 |
YMC SPR C |
6 | 110 |
2016 | DAMS | CAT FEA 6 |
CAT SPR 1 |
MON FEA 4 |
MON SPR 5 |
BAK FEA Ret |
BAK SPR 9 |
RBR FEA 11 |
RBR SPR 3 |
SIL FEA 16 |
SIL SPR 14 |
HUN FEA 12 |
HUN SPR Ret |
HOC FEA 7 |
HOC SPR 1 |
SPA FEA 3 |
SPA SPR 10 |
MNZ FEA 12 |
MNZ SPR 5 |
SEP FEA 4 |
SEP SPR 12 |
YMC FEA 8 |
YMC SPR 1 |
6th | 124 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Алекс Линн: Фрэнк Уильямс вдохновляет меня“. www.f1news.ru. 2016-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Алекс Линн | Formula Fan“. formula-fan.ru. 2016-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Alex Lynn | Racing career profile | Driver Database“. www.driverdb.com. 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 aprelya 2016.
- ↑ „Биография Алекса Линна“. alexlynnracing.com. 2011-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.