Alexandra Aldridge (talaffuzi: Aleksandra Oldirij; 1994-yil 7-mayda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Daniel Eaton bilan birga 2014-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sohibi, ikki karra (2012, 2013) Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yil Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va Oʻsmirlar oʻrtasida ikki karra AQSh chempioni boʻlgan.

Alexandra Aldridge

Aldridge/Eaton 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 7-may 1994-yil (1994-05-07) (29 yosh)
Royal Oak, Michigan
Boʻyi 1.64 m (5 ft 4 12 in)
Sherigi Daniel Eaton
Jamoasi Detroit SC
Oldingi jamoalari Arctic Edge
Uchishni boshlagan 1996
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 144.95
Qisqa raqs 58.46
Erkin raqs 87.30

Faoliyati tahrir

Eaton bilan tahrir

Aldridge 2009-yil may oyida Eaton bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi mavsumida AQShning yangi konkida uchuvchilari unvonini qoʻlga kiritgan[1]. Keyingi mavsumda ular Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Fransiya va Angliyada boʻlib oʻtgan musobaqalarida 6 va 4-oʻrinlarni egallaganlar. Juftlik oʻsmirlar oʻrtasida 2011-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, 5-oʻrinni egallagan.

2011 — 2012-yilgi mavsumda Aldridge / Eaton juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining Latviyada boʻlib oʻtgan bosqichida bronza, Avstriyada esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 2012-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar unvoniga sazovor boʻlgan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, Anna Yanovskaya / Sergey Mozgov juftligini ortda qoldirgan holda, bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

Aldridge / Eaton juftligi 2012 −2013-yillarda AQSh va Sloveniyada boʻlib oʻtgan JGP musobaqalarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan[3]. Ular ushbu natijalari tufayli Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan 2012 — 2013 JGP finalida qatnashish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va finalda ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida yana bir bronza medali sohibiga aylangan[4].

Aldridge / Eaton juftligi 2014-yil iyul oyida US Classic musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, ikkita Gran-pri musobaqasida ishtirok etib[5], 2014 Skate Canada International musobaqasida oltinchi va 2014 Rostelecom Cup musobaqasida yettinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2015-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 2015-yilning 30-yanvarida juftlikdagi faoliyatini tugatganini eʼlon qilgan.

Dasturlari tahrir

Eaton bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

  • Volverás

Gloria Estefan

  • Letʼs Get Loud
  • Ainʼt That a Kick in the Head?

Robbie Williams

  • Mack the Knife

Robbie Williams

2014 — 2015

Carmen:

Georges Bizet
  • Paso doble: Carmen Ouverture
  • Paso doble: Torreador March
Gone with the Wind:

Max Steiner
  • Taraʼs Theme

André Rieu

  • Atlanta Bazaar
  • Fleeing of Atlanta
  • Taraʼs Theme
2013 — 2014

  • Quickstep: Man with the Hex
  • Foxtrot: The Business of Love
  • Swing: Hey Pachuco
  • Secret Love
    Nicos
  • Dhoom Taana (Om Shanti Om)
  • Anarkli Disco (Houseful 2)
    Bollywoodning 2012-yilgi qoʻshiqlari

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Eaton bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 17 — 18
Jahon chempionati 17
Toʻrt qitʼa 3
GP Rostelcom 7
GP Skate Canada 6
CS US Classic 1
Nepela Trophy 6
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 3 3
JGP finali 4 3
JGP Avstriya 2
JGP Fransiya 6
JGP Latviya 3
JGP Sloveniya 1
JGP Buyuk Britaniya 4
JGP AQSh 1
Milliy
AQSh chempionati. 1-N 5-J 1-J 1-J 5 6 8
Darajalar: N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar tahrir

  1. „2015 Lake Placid Ice Dance Championships - Senior Free Dance Results“. Lake Placid Skating. Olympic Regional Development Authority (2015-yil 31-iyul). 2015-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.
  2. Slater, Paula. „Aldridge and Blackmer ‘cutting edges’“. Golden Skate (2015-yil 6-oktyabr).
  3. „Aldridge, Blackmer Announce End of Partnership“. ice-dance.com (2016-yil 13-sentyabr).
  4. „The Return of Aldridge & Eaton“. ice-dance.com (2017-yil 16-sentyabr).
  5. „2015 Lake Placid Ice Dance Championships - Senior Short Dance Results“. Lake Placid Skating. Olympic Regional Development Authority (2015-yil 30-iyul). 2015-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.