Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi. Sarguzashtlarga boy tarixiy romanlari bilan nom chiqargan. Dyuma eng mashhur fransuz yozuvchilaridandir. Alexandre Dumasning oʻgʻli Alexandre Dumas (oʻgʻil)|Alexandre Dumas ham yozuvchi boʻlgan. Shuning uchun Alexandre Dumas katta Dumas père (Dumas-ota) va Alexandre Dumas kichkina Dumas fils (Dumas-oʻgʻil) deb yuritiladi.

Alexandre Dumas
Asl ismi Alexandre Dumas
Tavalludi 24-iyul 1802-yil
Vafoti 5-dekabr 1870-yil(1870-12-05)
(68 yoshda)
Kasbi 1829-1869
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya[2]
Yoʻnalish Nasr va drama
Janr Romantizm, tarixiy asarlar
Shoh asari „Uch mushketyor“ (1844) va „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845)

Alexandre Dumasning eng mashhur asarlari „Uch mushketyor“ (1844), „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845), „Yigirma yildan keyin“ (1845) va „Vikont de Brajelon“ (1848-1850) romanlaridir. Dyuma romanlar bilan birga dramalar ham yozgan. U hayoti davomida 1200 dan oshiq asar yozgan[3]. Alexandre Dumasning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Dumas adabiy faoliyatini dramaturg sifatida boshlagan — uning ilk asari „Ov va muhabbat“ (1825) kichik pyesasidir. „Genrix III va uning saroyi“ (1829) dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dumasning „Antoni“ (1831), „Nel minorasi“ (1832) va boshqa pyesalari romantik teatr tarixidagi muhim voqeadir.

1835-yilda Dumas birinchi tarixiy romani „Izabella Bavarskaya“ni eʼlon qildi. 19-asrning 40-yillarida ketma-ket „Uch mushketor“ (1844), „Yigirma yildan soʻng“ (1845), „Vikont de Brajelon“ (Le Vicomte de Bragelonne, ou Dix ans plus tard) (1848-50-yillar) tarixiy-sarguzasht romanlari paydo boʻldi. Trilogiyani tashkil etgan bu romanlarning qahramonlari umumiy asardan-asarga oʻtib yuradi. Uchinchi romanni aslida Paul Mahalin yozgan. Shunday boʻlsa ham, kitobga muallif sifatida deb Dyumaning nomi koʻrsatilgan. „Qirolicha Margo“ (1845), „Monsoro xonim“ (1846), „Qirq besh“ (1847-48-yillar) — Genrix Navarrskiy haqidagi trilogiyadir. „Graf Monte-Kristo“ (1845-46-yillar) zamonaviy hayot haqidagi sarguzasht roman.

Dyuma romanlar va pyesalardan tashqari esdaliklar, yoʻl ocherklari va boshqa asarlar yozgan. „Parijdan Astraxongacha“ (1858) kitobi Rossiyaga sayohati haqida.

Dumasning romanlari qiziqarli, ularda hayotga faol munosabat sezilib turadi, voqealar tez rivojlanadi, qahramonlari jasur, xushchaqchaq, topqir, qiyinchiliklarni oson bartaraf qiladi va hamisha gʻolib chiqadi.

Dumasning bir qator asarlari dunyoning turli mamlakatlarida ekranlashtirilgan. „Graf Monte-Kristo“, „Uch mushketyor“ romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan. „Nel minorasi“ pyesasi „Ajal minorasi“ nomi bilan oʻzbek tilida sahnalashtirilgan (1972).

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Alexandre Dumas (1802-1870)". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.