Alfaf togʻi
Alfaf togʻi (suryoniycha: ܛܘܪܐ ܕܐܠܦܦ, ṭūrāʾ Alfaf), shuningdek, Maqlub togʻi (arabcha: جبل مقلوب) shimoliy Iroqdagi Nineviya tekisliklari hududida joylashgan togʻ. Togʻ Mosuldan 30 km shimoli-sharqda va Bartelladan 15 km uzoqlikda joylashgan. Togʻdagi eng katta shahar Merki boʻlib, u yerda suryoniy pravoslavlar istiqomat qiladi[1].
Alfaf togʻi | |
---|---|
Kalek va Bardarash oʻrtasidagi yo‘ldan togʻ ko‘rinishi. | |
Boshqa nomi | Maqlub togʻi, Ṭūrāʾ Alfaf |
Joylashuvi | Bartella, Iroq |
Koordinatalar | 36°29′30″N 43°26′29″E / 36.49167°N 43.44139°E |
Balandligi | 1,000 |
Togʻ janubiy choʻqqisiga yaqin joylashgan Mar Mattay monastiri bilan mashhur. Togʻda miloddan avvalgi 4-5-asrlarga oid bir qancha ermitajlar mavjud boʻlib, ulardan eng muhimlari quyidagilar[1]:
- Mar Mattai ermitaji. U yerda suryoniy anʼanalariga koʻra, Mar Behnamning singlisi Sara moxov kasalidan Mar Mattay tomonidan moʻjizaviy tarzda davolangan.
- Bar Hebraeus ermitaji. Abulfaraj hayoti davomida egallagan.
- Aygʻoqchi ermitaj. Togʻning tepasida joylashgan boʻlib, monastirning aholisini qaroqchilardan ogohlantirish uchun qoʻriqchi vazifasini bajargan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ar:صوامع جبل الفاف“ (ar). MorMattai.com. 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-yanvar.