Algebraik ifoda - algebraik amallar (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, butun musbat darajaga koʻtarish va butun koʻrsatkichli ildiz chiqarish) ishoralari bilan biriktirilib, harf va sonlardan tuzilgan ifoda. Algebraik ifodada sonlar va harflarning ildiz ishoralari (radikallar) qatnashmasa, bunday ifoda ratsional algebraik ifoda agar radikallar qatnashsa, irratsional algebraik ifoda deyiladi. Agar ratsional algebraik ifodada harfli ifodaga boʻlish amali qatnashmasa, bunday algebraik ifoda butun, agar qatnashsa, kasrli algebraik ifoda deyiladi. Diqqat bilan eʻtibor kilsak shuni koʻramizki, f(x)=0 tenglamaning taqribiy echimlarini vatarlar va urinmalar usuli bilan topganda aniq echimga ikki chekkadan yaqinlashib kelinadi. Shuning uchun ikkala usulni bir vaktning oʻzida qoʻllash natijasida maqsadga tezrok erishish mumkin. Bu usulni kombinatsiyalangan usul deb ataydilar. Kombinatsiyalangan usul yuqorida keltirilgan usullarning umumlashmasi boʻlgani tufayli bu toʻgʻrida koʻp tuxtalmaymiz.

Manbalar

tahrir