Ali Yusufzoda — 1900-yili Ozarbayjon SSR Shush shahrida tugʻilgan, ozarbayjon, din xizmatchisining oʻgʻli, Parijda siyosiy fanlar institutini tugatgan, u joyga mussavatchilar hukumati tomonidan yuborilgan. 1926—1927-yillari „Mussavat“ partiyasi ishi boʻyicha qamoqqa olingan, „Mussavat“ partiyasining Boku komiteti aʼzosi sifatida 10 yilga hukm qilingan, jazo muddatini 1935 yili oʻtab qaytgan. Mussavatchilar partiyasining faol aʼzosi sifatida sovet hokimiyatiga qarshi aksilinqilobiy ish olib borganlikda, 10-yil qamoq jazosidan keyin ham bu kurashini toʻxtatmaganlikda, lagerlarda jazo muddatini oʻtash chogʻida lagerda yangidan tuzilgan „Mussavat“ Markaziy Komiteti tarkibiga kirganlikda, aksilinqilobiy namoyishlar oʻtkazishda tashkilotchilik qilganda, Ozarbayjonda mussavatchilarning yashirin aksilinqilobiy tashkilotini tuzishda faol ishtirok etganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir