„Ali bahodir“kurd xalq ertagi. Ertakda Ali ismli gavdali, ammo qoʻrqoq bahodir haqida hikoya qilinadi[1][2].

Ertak bir necha tilga, jumladan, rus va oʻzbek tillariga tarjima qilingan. Ertakni rus tiliga dastlab V. Gatsak ertakni kurd tilidan tarjima qilgan. 1967-yil Arab Shamilov bolalar uchun moslashtirgan versiyasi „Kurd xalq ertaklari“ nomi bilan (ruscha: Курдские народные сказки) Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan. Shamilov versiyasini H. Poʻlatov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha tarjima boshqa 10 kurd xalq ertagi bilan bir qatorda „Ali bahodir“ nomi bilan 1971-yil Toshkent shaharida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Курдская сказка Али-богатырь“ (ruscha). Пескарь. Qaraldi: 17-iyul 2024-yil.
  2. „Али-богатырь“ (ruscha). Ларец сказок. Qaraldi: 17-iyul 2024-yil.