Alibek Qoniratbayevich Qoniratbayev (1907-yil 7-oktyabr, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1937-yil 2-dekabr, Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – sovet va qozoq yozuvchisi, tarjimon, adabiyotshunos[1].

Alibek Qoniratbayevich Qoniratbayev
Tavalludi 7-oktyabr, 1907-yil
Vafoti 2-dekabr, 1937-yil
Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR
Kasbi yozuvchi, tarjimon, adabiyotshunos
Ijod qilgan tillari qozoq
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 1928-1936

Biografiyasi

tahrir

Alibek Qoniratbayev 1907-yil 7-oktyabrda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻiladi. Boshlangʻich taʼlimni oʻzi tugʻilgan qishloqdagi maktablardan birida olgan. Soʻngra u Toshkent 5-bolalar uyida tarbiyalandi. Alibek Qoniratbayev 1920-yil Toshkent davlat xalq taʼlimi institutiga qabul qilinadi. Shu yil oxiridan, uning tanqidiy maqolalari Toshkent gazeta va jurnallarida chop etila boshlaydi. 1931-yildan 1933-yilgacha Qozogʻiston SSR proletar yozuvchilar uyushmasi (hozirgi Qozogʻiston yozuvchilar uyushmasi)da kotib hamda boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlib ishladi. U 1934-yildan 1937-yilgacha „Qozoq adabiyoti“ gazetasi va „Adabiyot maydoni“ jurnallarida faoliyat yuritgan. Alibek Qoniratbayev 1935-yil jamoat arbobi va shoir Mirjaqip Dulatovning qizi Gulnar Dulatova bilan turmush quradi.

Hibsga olinishi va vafot etishi

tahrir

Alibek Qoniratbayev haqida 1936-yil 21-sentyabrda uning Qozogʻiston SSR proletar yozuvchilar uyushmasidagi qilgan yigʻilishi haqida tanqidiy maqola „Sotsialistik Olmaota“ gazetasida chop etildi. U 1937-yil „Alash ishi“ning yakuniy bosqichi doirasida hibsga olinadi. Hibsxonada tergov paytidagi soʻroqlar paytida Alibek Qoniratbayev oʻz aybini tan olmaydi. Biroq, ikkinchi marta boʻlgan soʻroq paytida oʻzining josuslik qilganlik aybini tan oladi. 1937-yil 1-dekabrda Ichki ishlar xalq komissarligining qarori bilan oʻlimga hukm qilinadi[2]. Yozuvchining kelajakdagi taqdiri haqidagi maʼlumotlar turlicha. 1946-yil 15-oktyabrda Qoniratboyev nomiga berilgan oʻlim haqidagi guvohnomada u hibsda oshqozon yarasidan vafot etgani keltirib oʻtilgan. Biroq, 1989-yilda qarindoshlarga 1937-yil 2-dekabr sanasi va xuddi shu oʻlim sababi koʻrsatilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikati berilgan. Zamonaviy qozoq manbalari odatda Qoniratboyevning 1937-yil 2-dekabrda Olmaota tergov qamoqxonasida otib oʻldirilgani haqida xabar berishgan. 1956-yilda Alibek Qoniratboyev toʻliq reabilitatsiya qilingan.

Alibek Qoniratbayev 1932-yil oʻzining „Oʻq bilan suhbat“ qissasini, 1934-yil „Shaulderga sayohat“ qissasini va 1936-yil „Oq va qizil“ qissalarini yozadi. 1935-yilda „Yosh lochinlar“ pyesasini yozgan. Umrining soʻnggi yillarida 1916-yilgi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻoloni haqida roman yozgan, ammo bu roman hech qachon nashr etilmagan. Alibek Qoniratboyev boshqa qozoq mualliflari bilan birgalikda bir qator darsliklar yaratgan: Moldagali Joldibayev va Muxtor Auezov bilan – „XIX asr va XX asr boshlari qozoq adabiyoti darsligi“ (1933) va „XIX asr va XX asr boshlari qozoq adabiyoti antologiyasi“(1934). Joldiboyev va Muxamedjon Qoratayevlar bilan – „Adabiy antologiya. 4-sinf“ (1934), Abat Aliboyev bilan – „Antologiya. 3-sinf.“ Molyerning „Baxtli“ komediyasini, I. S. Turgenevning „Otalar va oʻgʻillar“ romanini, A. P. Chexovning „Vanka“ va „Xameleon“ qissalarini qozoq tiliga tarjima qilgan.

1920-yillarning oxiri va 1930-yillarning boshlarida u faol adabiy-tanqidiy maqolalarni nashr etgan: „Birinchi xalqchi shoir“ (1928), „Oʻsim talabga norozi javob“ (1931), „Proletar taʼlimining mevalari“ (1931), „Maksim Gorkiy qozoq adabiyotida“ (1932), „Eron shoiri – Firdavsiy“ (1932), „Abayning ijtimoiy qarashlari“ (1934), „Adabiyotimizdagi realizm“ (1934), „Sheʼriy raqobat haqida“ (1934), „Toʻgʻrisida“ „Qaskelen“ sheʼri (1934) va boshqalar shular jumlasidandur.

2008-yilda Ostonada Alibek Qoniratboyevning „Foliant“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashrga berilgan asarlari toʻplami chop etilgan va bu kitobxonlar qiziqishiga sabab boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „КОНРАТБАЕВ Алибек / / [..1907 - .12.1937“]. sentrasiya.org. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
  2. „Жарқ еткен ғұмыр“. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.