Aliment majburiyati
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Aliment majburiyati — OʻzR oila qonunchiligiga koʻra, ota-ona voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga taʼminot berishi shart.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona oʻrtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.
Aliment majburiyati oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladi. Aliment majburiyatlari mulkiy-huquqiy munosabatlar doirasiga kirib, su bilan birga oʻzining baʼzi bir maxsus belgilariga va xususiyatlariga ega. Aliment majburiyatining fuqarolik huquqidagi majburiyatidan farq qiladigan tomonlari mavjud. Aliment majburiyati shunday huquqiy munosabatki, u qonunda belgilangan yuridik faktlar sodir boʻlganda vujudga keladi. Amaldagi qonunchilikda aliment majburiyatlarida bir qator yangi qoidalar belgilangan. OʻzR OK Aliment undirishning 3 tartibini belgilaydi:
1) Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv tuzish;
2) Alimentni ixtiyoriy toʻlash;
3) Alimentni sud tartibida undirish. [1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi