Alisa (ovoz yordamchisi)
Alisa – Yandex(ЯНДЕКС) tomonidan ishlab chiqilgan virtual ovoz yordamchisi(hozirda(2024)faqat rus tilida ishlaydi). Maxsus algoritmi tufayli qurilma bilan bogʻliq turli vazifalarni bajarishi, tabiiy ovozni tushunishi, savollarga javob berishi, jonli ovozni taqlid qilishi mumkin. Alisa smartfonlarda, kompyuter va avtomobillarda ishlaydi. 2019-yil dekabr oyi holatiga 45 mln foydalanuvchiga ega[1]
Alisa (Ovoz yordamchisi) | |
Muallif | Yandex |
---|---|
Chiqarilgan sana | 10-oktabr 2017-yil |
Vebsayt: | https://yandex.ru/alice |
Dasturlash tili: | C++ |
Tarixi
tahrirAlisa oʻz raqobatchilari: Siri, Google Assistant, Amazon Alexa, Cortanalardan kech 2016-yilda ishlab chiqila boshlandi. Rasmiy nashr 2017-yil 10-oktabr sanasiga toʻgʻri keladi: Yandexning Android va IOS uchun ishlab chiqilgan qidiruv tizimlarida hamda sinov talqinida Microsoft Windowsda ishlay boshladi.
2018-yil holatiga koʻra Alisa Rosiyadagi smartfonlarning 53%da hamda 20 mlndan ortiq avtomobillarda oʻrnatilgan[2]
„Alisa“ning shakllanishi
tahrirVladimir Guriyev boshchiligidagi jamoaning „Alisa“ning shakllanishidagi oʻrni beqiyos hisoblanadi. Alisaning ovozi dublyaj aktrisasi Tatyana Shitova'ga tegishli. Bundan avval u OS1 operatsion tizimi obrazi uchun ovoz bergan edi.
Ovoz yordamchisi uchun ism tanlash bir necha bosqichda amalga oshirildi. Misol uchun bolalar talaffuz qilishi qiyin boʻlgan „R“ boʻlmasligi kerak edi.
Texnologiyalar
tahrirAlisa Yandexning bir nechta dasturlariga biriktirilgan boʻlib, bular: qidiruv dasturi, Yandex.Navigator va Yandex.Browser'ning mobil hamda desktop talqinlari.
Asisstent bilan aloqa ovoz yoki klaviatura orqali amalga oshiriladi. Alisa javobni muloqot oynasida koʻrsatishi yoki kerakli havolani, dasturni ochib beradi. Bundan tashqari musiqani yoqish, uygʻotgich hamda taymer oʻrnatishi, har-hil oʻyinlar oʻynashi mumkin.
Alisa bugungi kunda faqat Rus tilini tushunadi. Uning Turk tilini tushunuvchi talqini Yandex.Navigator'dagina mavjud.
Alisa uchun eng yaxshi buyruqlar
tahrirQuyida dastur tomonidan yaxshi javob beriluvchi buyruqlar roʻyhati keltirilgan:[3]
- Musiqa – „Vklyuchi bodriy rok“, „Vklyuchi radio“, „Davay muziku dlya romanticheskogo svidaniya“;
- Video – „Naydi video s kotikami“, „Poiщi serial pro vikingov“, „Vklyuchi melodramu“;
- Ob-havo – „Rasskaji pogodu na tri dnya“, „Budet li dojd?“;
- Taymer – „Postav taymer na 7 minut“, „Skolko do konsa taymera?“;
- Joylashuv – „Gde poest borщ?“, „Naydi apteku ryadom“, „Postroy marshrut do blijayshego supermarketa“;
- Muloqot – „Davay poboltaem“, „O chem ti dumaesh?“;
- Taksi – „Vizovi taksi“.
Bundan tashqari Alisa uchun yana koʻplab maxsus buyruqlar ishlab chiqilgan[4]
Manbalar
tahrir- ↑ „Школа Алисы. Итоги 2019 года. — г Яндекс Диалогов“. yandex.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
- ↑ Владимир Квасников. „«Яндекс» сделает голосовой помощник «Алиса» доступным в разных браузерах“. РБК (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ „Каталог навыков Алисы, голосового помощника от Яндекса“.