Alisa Danilovna Yoffe (inglizcha: Alisa Yoffe. 1987-yil, Toshkent) – rus rassomi.

Alisa Yoffe Danilovna
Tavalludi 29-dekabr 1987-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Rassom

Tarjimai holi

tahrir

Alisa Yoffe 1987-yilda Toshkent (OʻzSSR) shahrida tavallud topgan[1].

2005–2007-yillarda MMSIdagi Yuriy Shabelnikovning ustaxonasiga borib turgan.

Danilovna 2007–2008-yillarda Moskvada zamonaviy sanʼat institutida tahsil olgan.

2008-yildan 2009-yilgacha Anatoliy Osmolovskiyning seminarlarida ishtirok etgan.

Alisa 2015-yilda Rossiyadagi eng istiqbolli yosh rassomlardan biri deya Forbes jurnalida nomi chiqqan[2].

2015-yilda „Pank-Franksiya Krasnix Brigad“ guruhi uchun „Pesni dlya Margeriti Kagol“ albomining muqovasini yaratdi.

Rassom 2018-yilda Rossiyaning 49ART sarmoyaviy sanʼat reytingiga kiritilgan[3].

Alisa 2017-yildan 2019-yilgacha COMME des GARÇONS moda brendi bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, Maison Margiela[4], Cartier, Bonne Suits[5] va Virronen[6] brendlari bilan ishlagan.

2019-yilda fotograf Igor Muxinning „Moscow Light“ kitobi uchun muqova muallifi boʻlgan.

Yoffe 2020-yilda The Art Newspaper Russia ekspertlar va hakamlar hayʼati ishtirokida Rossiyadagi yosh sanʼat reytingini tuzdi. Alisa Yoffe 4-oʻrinni egallagan eng istiqbolli 50 ta rassom qatoriga kirdi[7]. Oʻsha yili Afisha Daily veb-sayti uni Rossiyaning eng yaxshi yosh rassomlari oʻntaligiga kiritdi[8].

 
Aperto Raum ijodkori Alisa Yoffe, 2019-yil

Rassom COSMOSCOW, SAM FAIR, DA! zamonaviy sanʼat yarmarkalarida qatnashgan.

Hozirda rassom Tbilisida (Gruziya) yashaydi va ishlaydi.

Mukofoti va unvonlari

tahrir

Alisa Yoffe Iosef Brodskiy fondi stipendiyasi (2017)[9] va Demyan Bedniy nomidagi „Levaya perspektiva“ mukofoti sohibasi (2021)[10][11].

Shaxsiy koʻrgazmalari

tahrir

Alisa Yoffe 2022-yil – „No war“, Gruziya parlamenti, Tbilisi;

2022-yil – „Kletka“, TsTI Fabrikasi, Moskva;

2021-yil – „Sluchay“, TsTI Fabrikasi, Moskva;

2021-yil – „Penisi“, TsTI Fabrikasi, Moskva;

2021-yil – „Lenta novostey“, TsTI Fabrikasi, Moskvada shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Персональный сайт Алисы Йоффе“. alisayoffe.com. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  2. „Состояние духа: самые перспективные молодые художники России. Алиса Йоффе | ForbesLife“ (en). Forbes.ru (2015-yil 6-noyabr). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  3. „49 ART - Russian Investment Art Rating“ (ru). 49art.ru. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
  4. „Художница Алиса Йоффе на презентации в «Цветном»“. https://www.tatler.ru.+2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  5. „Collaboration Bonne Suits x Alisa Yoffe“. alisayoffe.com. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  6. „Collection Virronen x Alisa Yoffe for DA!MOSCOW Fair“. alisayoffe.com. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  7. Константин Агунович. „Топ-50 самых перспективных российских художников“ (ru). The Art Newspaper Russia (2020-yil 30-sentyabr). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  8. „10 главных молодых художников России“. Афиша. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  9. „Алиса Йоффе – Иосиф Бродский“. www.josephbrodsky.org. 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  10. „В 12-м конкурсе на премию им. Демьяна Бедного наконец-то полный список лауреатов — РАДИКАЛЬНЫЙ РЕАЛИЗМ“. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  11. „Итоги 12-го творческого конкурса на премию им. Демьяна Бедного » СОЮЗ КОММУНИСТИЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ“. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.