ALISHER NAVOIY ARUZI[1]

[2] [3]

[4]

  1. shuhrat sirojiddinov. {{{title}}}. tamaddun. 
  2. Reja: 1. Alisher Navoiygacha turkiy sheʼriyatda aruz tizimi. 2. Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori. Muxlislar tartib bergan devonlarning vazn xususiyatlari. 3. „BadoyV ul-bidoya“ va „Navodir un-nihoya“ devonlarida qoʻllanilgan bahrlar. 4. „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotining vazn xususiyatlari. Kulliyotning vazn koʻrsatkichlari. 5. Ruboiy vaznlari.
  3. Aruz sheʼr tizimi Sharq xalqlari sheʼriyatining asosiy sheʼriy oʻlchovi sifatida ming yillardan beri turkiy sheʼriyatimizda keng qoʻllanilib kelayotgan sheʼriy vaznlardan biridir. Uning sheʼriyatimizga kirib kelishi va mustahkam oʻrin olishi tasodifiy boʻlmay, islomdan oldingi sheʼriy merosimizda ham misralardagi choʻziq va qisqa hijolar oʻrtasida muayyan mutanosiblik mavjud boʻlgan. Olimlarimizning aniqlashlaricha, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asaridan oʻrin olgan 224 sheʼriy parcha aruzdagi — V ----, V — V — , — V V — , V V
    , V --------, — V V -----turoqlariga mos keluvchi oʻlchovda

    yaratilgan (A.Hojiahmedov). Kuzatuvlarga koʻra, turkiy xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tebrata boshlaganlarida, barmoq vazn tizimiga yaqin turuvchi vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk davrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ asari ’’Shohnoma" vaznida, yaʼni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos Hojibning aynan shu oʻlchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy xalqlar sheʼriy tizimi boʻlmish barmoqning eng faol shakllaridan boʻlgan oʻn bir boʻgʻinli vazniga juda ham uygʻun ekanligini keltirish mumkin. Adib Ahmadning „Hibat ul-haqoyiq“ asarida ham ushbu oʻlchov toʻrtliklar shaklida ifoda etilgan. XIV-XV asrlar turkiy xalqlar adabiyotida aruz tizimidan foydalanishning yangi bosqichi boʻldi. Bu davrda Nosiruddin Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“ asaridagi 600 misraga ya- 366 qin sheʼriy parchalar, Xorazmiy „Muhabbatnoma“si va boshqa nomalar, Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Sayyid Qosimiy dostonlarida aruz tizimining ramal, hazaj, sari’, muzori’ kabi bahrlari istifoda etildi. Navoiygacha boʻlgan turkiy sheʼriyatda aruz tizimining xushohang vaznlaridan foydalanish va ularni turkiy sheʼriyatga olib kirishda Sakkokiy, Gadoiy, Atoyi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy kabi shoirlarning xizmatlari katta boʻldi. Sakkokiy oʻzining 40 ga yaqin gʻazali va 11 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 13) qasidasida aruz tizimining 5 bahridan foydalangan boʻlsa, Atoyi va Gadoiy sheʼriyatida 6 bahr, Lutfiy va Hofiz Xorazmiy devonlarida esa 9 tadan bahr istifoda etilganligini koʻramiz. Ushbu bahrlar va ularga mansub boʻlgan vaznlarni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: T.r. Mumtoz ijodkor nomi Qoʻllanilgan bahrlar soni Vaznlar miqdori 1. Sakkokiy 5 ta 11 ta 2. Gadoiy 6 ta 15 ta 3. Atoyi 6 ta 18 ta 4. Lutfiy 9 ta 38 ta 5. Hofiz Xoramiy 9 ta 54 ta Turkiy aruzning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanishi va taraqqiyoti bevosita Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Buyuk mutafakkir shoir oʻzining aruz qonun-qoidalariga bagʻishlangan „Mezon ul-avzon“ asarida 19 bahr, 160 vazn haqida maʼlumot bergan boʻlsa, lirik va epik sheʼriyatida 13 bahr, 1 0 0 ga yaqin vazndan keng foydalandi va bu bilan aruz tizimi turkiy sheʼriyatning ajralmas qismiga aylanganligini asoslash bilan birga bu sheʼriy tizimning turkiy til qonuniyatlariga har tomonlama mos kelishini isbotladi. Alisher Navoiy bolalik chogʻlaridanoq fors-tojik va turkiy tilda yozilgan gʻazallarni yod olgan va oʻzi ham sheʼrlar bitib, Mavlono Lutfiy, Sayyid Hasan Ardasher kabi ustozlarning eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi. Uning dastlab yozgan sheʼrlarida fors-tojik va turkiy salaflari gʻazallarining ohangi, bu ohang orqali esa ularning sheʼriyatida qoʻllanilgan vaznlarning taʼsiri bor. Zero odatda yosh shoir sheʼr yozar ekan, odatda uni oʻz xotirasi yoki shuurida saqlanib qolgan ohang asosida yaratadi. 367 Shu maʼnoda yosh Alisherning dastlabki sheʼrlari ramal, hazaj yoki muzori’ kabi mustaʼmal bahrlarda yozilgan deb aytish mumkin. Navoiyning oʻzi „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ asarida yoshlik yillaridayoq baʼzi sheʼrlari Xurosonda shuhrat qozonganligi va Sayyid Hasan Ardasher ularni takrorlab yurishni xush koʻrganligi haqida maʼlumot beradi. Ular orasida Furqatingdin zaʼfaron uzra toʻkarmen lolalar, Lolalar ermaski, bagʻrimdin erur pargolalar… Ul parivashkim, oChiЪtep zor-u sargardon anga, Ishqdin olam manga hayron-u men hayron anga matlaʼlari ramal bahrida yaratilgan boʻIsa, Labing koʻrgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin, Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurman baytida hazaj bahri qoʻllanilganligini koʻrish mumkin. Alisher Navoiyning ijodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, buyuk mutafakkir oʻzbek tilining jonli muloqot tilidan ilm-fan, adabiyot va sanʼat tili darajasiga yuksalishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilganligi, tilning rivoji uchun nazariy asoslar yaratib, amalda tatbiq etganligiga guvoh boʻlamiz. Aruz — tilning fonetik tovlanishlarini saqlash uchun eng maqbul vosita ekanligini anglagan Navoiy bu sheʼriy oʻlchovni turkiy tilda tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratdi: Navoiy sheʼriyatida arab va fors tilidan oʻzlashtirilgan soʻzlar asl talaffuz holatini saqlab qoldi. Arabiy va forsiy soʻzlar aruz vazniga solib oʻqilganda jonli muloqotda qoʻllanilgan shaklda emas, balki asliyatga mos holatda keltirildi. Masalan, qasr soʻzi Navoiy sheʼriyatida bitta oʻta choʻziq (-V) hijodan iborat, holbuki biz jonli muloqotda bu soʻzni qas(i)r shaklida (V -) talaffuz qilishga oʻrganib qolganmiz. Yor, dor, zor kabi asli arabcha yoki forscha boʻlgan soʻzlar ham forsiy va arabiy aruz oʻlchoviga mos ravishda bitta oʻta choʻziq (-V) hi jo hisoblanadi. Ammo asli turkiy boʻlgan va „o“ unlisi ishtirok etgan quyosh, tufroq, yosh, sori, dogʻi kabi soʻzlar matn va aruz talabiga muvofiq turli shaklda — bitta qisqa (V), bitta choʻziq ( —) yo bitta oʻta choʻziq (-V) tarzida talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, „Navodir ush-shabob“ devonidagi quyidagi 368 baytga diqqat qilaylik: Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil, Toshdin angla tanimni: gar koʻk oʻlmish, gar qaro. Baytning boshida kelgan „yosh“ bitta oʻ ta choʻziq boʻgʻinni (-V) tashkil qiladi. Mana bu baytda esa, ayni shu soʻz bitta qisqa boʻgʻindan iborat boʻ lmoqda: Daf’a-daf’a gul sochilmaydur gulafshon bogʻida Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur. Quyidagi baytda esa, „ tufroq“ soʻ zi ikki xil taqti’ qilinadi: Faqr koʻyi tufrogʻin shah mulkiga bermas faqir, Mulk, koʻrkim, teng emas tufrogʻ ila qiymat anga. Birinchi misradagi „tufrogʻin“da „ro“ boʻgʻini qisqa talaffuz qilinsa, ikkinchi misrada choʻziq talaffuz qilinadi. Bilamizki, ayrim turkiy shevalarda „o“ tovushi umuman qoʻ llanilmaydi (tosh- tash, bosh — bash, qora — qara). Navoiy oʻz sheʼriyatida ikkala variantni ham teng qoʻllab, ham aruz imkoniyatlarini kengaytirgan, ham shevalardagi rang-baranglikni saqlab qolishga erishgan. Turkiy shevalardagi talaffuz rang-barangligi faqat „o“ va „a“ tovushlarida emas, balki "oʻ ", „i“, „e“ unlilarida ham kuzatiladi. Navoiy aruz vazni talablaridan tashqari, ana shu talaffuz turlichaligidan hosil boʻ ladigan maʼno tovlanishlarini ham hisobga olgan. Bu holat ayniqsa, tajnis sanʼati qoʻllanilgan baytlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiy aruzining forsiy va arabiy aruzdan farqlanuvchi yana bir jihati — bu dimog* orqali talaffuz etiladigan „ng“ tovushidir. Forsiy aruzda „ng“ tovushi yoʻqligi sababli, soʻzlar taqti’i odatda ikki choʻziq (—) yoki bitta choʻziq va bitta qisqa (-V) boʻgʻinlarga boʻlinadi (sangin---- ; tanga — V). Navoiy sheʼriyatida esa, -ga qoʻshimchasi „n“ undosh bilan tugaydigan sof turkiy soʻzlar tarkibida kelganida taqti’ bitta qisqa boʻgʻin bilan boshlanadi. Masalan: Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sango, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldim sango. Dimogʻ bilan talaffuz qilinadigan „ng“ tovushi barcha wlievalarda ham qoʻllanilmasligini bilgan Navoiy har doim ham 369 bu qoidaga rioya qilmaydi. Masalan, mashhur ruboiysidagi „El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish“ misrasini oʻqiganimizda „ng“ tovushini dimogʻ bilan emas, balki alohida-alohida talaffuz qilishimizga toʻgʻri keladi. Maʼlum boʻladiki, Navoiy turkiy tilni aruz qoidalargiga zoʻrlab moslashtirmasdan, balki aruz tizimini ona tili tabiatiga uygʻunlashtirishga harakat qilgan va shu tariqa talaffuz tabiiyligini taʼminlashga erishgan. Navoiy devonlarida qoʻ llanilgan vaznlarni oʻrganish jarayonida shoir sheʼrlarining devondan devonga bahr jihatdan oʻzgarib borganligini, vazn koʻrsatkichlari o ʻsib borganligini kuzatish mumkin. Xususan, shoirning yoshlik lirikasi jamlangan „Ilk devon“ (1465-1466)dagi sheʼrlari vaznini oʻrganish yosh shoirning aruz tizimidan foydalanish mahoratini aniqlashga yordam beradi. Maʼlumki, „Ilk devon“da jami 434 sheʼr boʻlib, shundan 391 tasini gʻazal janridagi sheʼrlar tashkil etadi. Bularning vazn xususiyatlariga nazar tashlasak, yosh Alisherning 24-25 yoshgacha boʻlgan sheʼrlarida aruz tizimining 8 bahri va 47 ta vazni qoʻllanilganligini kuzatamiz44. Buni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: T.r. Bahr nomi 6 ʻazallar Boshqa janrdagi sheʼrlar Jami sheʼrlar soni 1. Ramal 255 1 256 2. Hazaj 59 42 101 3. Muitass 45 — 45 4. Muzori’ 13. 13 5. Mutaaorib 12 — 12 6. Raiaz 4. 4 7. Munsarih 2. 2 8. Sari’ 1 — 1 Jami 391 43 434 Shoirning yoshlik davri lirikasini vazn nuqtai nazaridan I oʻrganish shuni koʻrsatadiki, Navoiy oʻ z sheʼrlari uchun vazn tanlar ekan, ularni sheʼrning mavzusi, gʻoyaviy mazmuni, qahramonlar ruhiyatini ochib berishga xizmat qildirgan. Agar ishq 44 „Ilk devon“ shoirning oʻzi tomonidan tartib berilmaganligi uchun Navoiyning yoshlik lirikasida qoʻllanilgan vaznlar koʻrsatkichi haqidagi xulosa nisbiylik kasb etadi, zero, bu muxlislarning shoir gʻazallariga oʻziga xos yondashuvlari va ehtiyojlari nahsuli boʻlib, ushbu devonga shoirning oʻsha davrgacha yozilgan barcha sheʼrlari kirmaganligi tabiiy. 370 iztiroblari, lirik qahramon kechinmalari vazmin va salobatli ohanglarda taʼsirchan ifodalangan boʻ lsa, yor taʼrif-u tavsifi, uning goʻzalligi madh etilgan baytlar yengil, oʻynoqi vaznlar vositasida tarannum etilganligini koʻramiz. Agar eʼ tibor qaratilsa, shoirning yoshlik lirikasiga xos sheʼrlarining yarmidan koʻprogʻi turkona ohangga mos keluvchi ramal bahrida yaratilgan. Xususan, uning 161 gʻazali ushbu bahrning ramali musammani mahzuf (afoyili va taqti’i: foilotun foilotun foilotun foilun, — V ---- / ~ V ------/ — V ---- / — V -) vaznida yozilganligini koʻ rish mumkin. Ulardan ayrimlarining matlaʼlarini keltiramiz: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi, Koʻzlarimgʻa kecha tong otquncha uyqu kelmadi… Koʻrgali husnungni zor-u mubtalo boʻldum sango, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sango… Navoiyning yoshlik davri lirikasida hazaj bahri ikkinchi oʻrinni egallaydi. Shoir gʻazallarining 59 tasi ushbu bahr vaznlarida yaratilgan boʻlib, ular orasida hazaji musammani solim vazni jozibali ohangi bilan alohida ajralib turadi: Tun oqshom boʻldi-yu kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh oʻtidin har dam kuyar parvonadek jonim… Bir oy oʻtti meni mahzungʻa bir oy intizorinda, Ki ne koʻnglum erur hushinda, ne hushum qarorinda. Devondan oʻrin olgan 41 ruboiy ham anʼanaviy hazaj bahri vaznlarida boʻlib, ularda Navoiy mazkur janrga xos 24 vaznning 13 tasidan mahorat bilan foydalangan. Ushbu vaznlardan 8 tasi axrab, qolgan 3 tasi esa axram shajarasiga mansub vaznlar hi- .soblanadi. Quyidagi ruboiyda axrab va axram shajarasi aralash tarzda qoʻllanilgan (jami 3 vazn): Qoʻrqutma meni tamugʻdin, ey zohidi yax, — — V / V — V — / V — — V / V - Jannat manga boʻlgʻusi debon urma zanax.


    V / V ----- V / V ----- V / V -

    Kim, doʻzax aning uodi bila iannat erur,


    V [ V ----- V / V ----- V / V —

    371 Jannat bori sening biladur doʻzax.


    / — V — / V -------- / -

    „Ilk devon“da ramal va hazajdan keyin istifoda etilish darajasiga koʻra uchinchi oʻrinni mujtass bahri egallaydi. Shoirning jami 45 gʻazali ushbu bahr vaznlarida bitilgan. Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil, Koʻzum qarosida mardurn kibi vatan qilgʻil… Agarchi yoʻq talabingdin dame qaror manga, Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga… matlaʼli gʻazallar shular jumlasidandir. Shoirning yoshlik lirikasiga mansub sheʼrlarida muzori’ bahri vaznlariga ham murojaat mavjud boʻlib, uning 13 gʻazalida ushbu bahr istifoda etilgan. Umuman olganda, muzori’ bahri ohanglari shoir shuuriga ancha erta kirgan boʻlib, olimlarimiz Navoiyning ilk yod olgan gʻazali deb eʼtirof etadigan Qosim Anvorning Rindem-u oshiqem-u yahonsoʻz-u sota chok, — — V / — V — V / V — — V / — V - Bo davlati gʻami tu zi fikri sakop chi bok — — V / — V — V / V — — V / — V - matlaʼli gʻazali ham ushbu bahrda yaratilgan edi. Shoirning muzori’ bahrida yaratilgan gʻazallaridan namunalar: Ravshandururki mehr yuzungdin olur safo, Yoʻqsa, ne vajh ila qamar andin topar ziyo… Boʻynumgʻa qayd qilgʻay ul oy qoʻlini moyil, Kim basdurur qulogʻa it boʻynigʻa hamoyil… El dardi yordin kam oʻlur menda u or yoʻq, Koʻnglumda yuz tuman gʻamu bir gʻamgusor yoʻq. Shoirning yoshlik davrida yaratilgan gʻazallari orasida asosan epik sheʼ riyat uchun xos boʻlgan mutaqorib bahrida yaratilgan gʻazallar ham borki, ularning soni 12 ta. Navoiy mazkur bahrning 4 vaznidan mahorat bilan foydalanib, ularda 372 Qachon otsa ul gʻamza novak manga, V / V ----- / V ----- / V — Kelur gar ming oʻlsa yako-yak manga… V [ V ----- / V ----- / V — Zihi, ahli din qatli oyin sanga, V / V ----- / V ----- / V - Ne oyindur, ey kofiri Chin, sanga… V — — / V — — / V — — / V - matlaʼ li gʻazallarini bitgan edi. „Ilk devon“dan vazmin va salobatli ohangga ega boʻlgan rajazi musammani solim (afoyili va taqti’ i: mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ ilun mustaf’ ilun,----V — / ----- V — / ----- V - / ----V —) vaznida yaratilgan sheʼrlar ham oʻ rin olgan boʻ lib, unda shoirning 4 gʻazali yaratilgan. Ulardan ayrimlarining matlaʼlarini keltiramiz: Ey, yetti manzar tarhigʻa meʼmori sunʼungdin bino, Masnu’lar foniy, vale maslubi soni’din fano… Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro, Ravshanligʻi mumkin emas, chun sham’ qoldi dud aro. Navoiyning yoshlik lirikasi orasida munsarih bahrida bitilgan gʻazallar ham mavjud. Munsarih bahri turkiy sheʼriyatimizda Alisher Navoiygacha deyarli qoʻ llanilmagan (faqat Hofiz Xorazmiy da uchraydi) bahr boʻ lib, Navoiy uning vazn imkoniyatlarini oʻrganib, ushbu bahrning turkiy til qonuniyatlariga toʻ la mos ekanligini isbotladi va yoshlik davridayoq ushbu bahrda 2 gʻazal yaratdi. Ulardan birining matlaʼini keltiramiz: Koʻnglum ochilmas dame bu badani zordin, — V V — / — V — / — V V — / — V - 0 ʻylaki mahkam tugun inchkaroq tordin. — V V — / — V — / — V V — / — V - Shoirning ilk lirikasida sari’ bahrida yaratilgan bittagina gʻazal ham mavjud boʻ lib, bu bahr ham turkiy g ʻazaliyotda kam qoʻllanilgan edi. Yor labi aksi tushub jom aro, 373 — V V — / — V V — / — V - Bodagʻa jon taʼmi berur kom aro. — V V — / — V V — / — V - Alisher Navoiyning 1465-yildan 1471-yilgacha yaratilgan sheʼrlari uning muxlislar tomonidan tartib berilgan ikkinchi devoni — „Oqquyunli muxlislar devoni“dan oʻrin olgan boʻ lib, uning tarkibida 229 ta sheʼr bor, bu „Ilk devon“dagi sheʼrlardan qariyb ikki baravar kam demakdir. Bu miqdor bevosita devondan oʻrin olgan sheʼrlarning vazn koʻrsatkichlariga ham taʼ sir koʻrsatadi, albatta. Devondagi sheʼrlarni aruz nuqtai nazaridan tadqiq etish natijasida ularda 6 bahr, 22 vazndan foydalanilganligi maʼlum boʻldi. „Ilk devon“da istifoda etilgan munsarih va sari’ bahrlari ushbu devonda qoʻllanilmaganligini koʻramiz. Shuningdek, „Oqquyunli muxlislar devoni“da ruboiy janridagi sheʼ rlarning ham mavjud emasligi undagi vaznlar sonining nisbati kamroq boʻ lishiga olib kelgan. Devondagi sheʼrlarning bahrlar bilan bogʻ liq holdagi vazn ko ʻrsatkichlarini quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: T.r. Bahr nomi Gʻazallar Boshqa janrdagi sheʼrlar

  4. Jami sheʼrlar soni 1. Ramal 159 3 162 2. Muitass 26 26 3. Hazai 22 2 24 4. Muzori’ 12 12 5. Mutaaorib 3 3 6. Rajaz 2 2 Jami 224 5 229 Agar diqqat qaratilsa, ushbu devonda awalgi devondan farq qilib, ramal bahridan soʻng mujtass bahri yetakchilik qilayotganligini kuzatish mumkin („Ilk devon“da 2-oʻrinni hazaj bahri egallagan edi). Mujtass bahrining 4 tagacha ritmik variatsiyaga ega ekanligi va bu orqali shoirda bir gʻazal tarkibida xilma-xil ohanglarni almashtirish imkoniyati mavjudligi, mujtass vaznlarining „Shashmaqom“ kuylariga mos tushishi Navoiyning bu davrda yozilgan sheʼrlarida ushbu bahrga koʻp murojaat qilishiga sabab boʻlgandir. „Oqquyunli muxlislar devoni“ni aruz tizimi nuqtai nazaridan „Ilk devon“dan ajratib turuvchi yana bir jihat unda awalgi devonda mavjud boʻlmagan baʼ zi vaznlarning istifoda etilganligidir. Navoiy bu yillardagi ijodida ramal 374 bahrining ramali musammani mashkul, rajaz bahrining rajazi musammani matviyi maxbun kabi vaznlaridan ham foydalanib, oʻz poetik mahoratini namoyish etdi. Xususan, adabiyotimizda juda kam qo^lanilgan — ramali musammani mashkul (afoyili va taqti’i: failotu foulotun failotu foilotun, V V — V / — V — / W — V / — V ----)ga murojaat qilib, oʻzining bir gʻazalini yaratdi. Ushbu vazn tarkibida 8 ta qisqa va 8 ta choʻziq hijoning failotu va foulotun tarzida oʻ zaro almashinib takrorlanishi murakkab va ohang jihatidan ogʻir, kuyga oson tushmaydigan oʻlchovni hosil qiladi, shu sababli mazkur vazndan sheʼriyatimizda kam foydalanilgan. Talabim sening huzurung, dilagim sening jamoling Necha kun dirikligimdin gʻarazim sening visoling. deb boshlanuvchi gʻazal shoirning ushbu murakkab vazndan mohirlik bilan foydalanganligini koʻrsatadi. Awalgi mavzularda aytib oʻ tilganidek, ushbu devondagi sheʼrlar oʻgʻuz lahjasiga moslashtirilib, baʼzi soʻzlarning oʻrni almashtirilib koʻchirilgan. Yuqoridagi gʻazalda ham „tilagim“ soʻzi „dilagim“, „tirikligim“ soʻ zi „dirikligim“ tarzida qoʻ llanilganligini, „talabim“ va „dilagim“ soʻzlarining oʻrni almashinib kelganligini kuzatish mumkin. „Badoyi:’ ul-bidoya“ nashrlarida ushbu bayt quyidagi shaklda kelgan: Tilagim sening huzurung, talabim sening jamoling Necha kun tirikligimdin gʻarazim sening visoling. Alisher Navoiyning oʻzi tomonidan tuzilgan birinchi rasmiy devoni „Badoyi’ ul-bidoya“ning vazn xususiyatlarini oʻrganish shoirning aruz tizimidan foydalanish imkoniyatlari sheʼrdan sheʼrga takomillashib borganligini koʻrsatadi. Mazkur devonda endi aruzning 9 bahridan foydalanganlikni koʻramiz. Bu bahrlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin: T.r. Bahr nomi Sheʼrlar miqdori 1. Ramal 532 2. Hazai 284 3. Mujtass 137 A. Muzori’ 43 5. Mutaaorib 25 <>. Raiaz 16 7. Sari’ 2 375 8. Komil 1 9. Xafif 12 Jami 1046 Jadvaldan koʻrinadiki, shoir bu davrda avvalgi devonlarida foydalanmagan ikki bahrga — komil va xafif bahrlariga ham murojaat qilgan va turkiy aruzni yangi bahrlar bilan boyitgan. Maʼlumki, komil bahri arab sheʼriyatiga xos bahrlardan boʻlib, bir rukn tarkibidagi 5 tagacha hijoning mavjud boʻlishi muayyan murakkablikni vujudga keltiradi va bu bahr turkiy sheʼriyatda Alisher Navoiygacha istifoda etilmagan edi. Navoiy fors-tojik sheʼriyatida sinovdan oʻtgan ushbu oʻlchovni ilk bor turkiy sheʼriyatga olib kirdi. Uning komil bahrida yaratgan yagona gʻazali keyinchalik „Xazoyin ul-maoniy“ning „Navodir ush-shabob“ (339-gʻazal) devoniga kiritilgan. Gʻazalning matlaʼ si quyidagicha: Ne xayol edi yanakim koʻngul qushi saydini havas aylading, V V — V — / W — V — / V V — V — / V V — V - Badanimgʻa har saridin xadang urubon anga qafas aylading. V V — V — / W — V — / V V — V — / V V — V - Shoirning bu davrda yaratilgan sheʼrlari orasida xafif bahrida yaratilgan gʻazallar ham mavjud. Maʼlumki, ushbu bahr koʻp vaznlilik imkoniyati (ritmik variatsiya)ga ega boʻ lib, uning birinchi va uchinchi ruknlarida choʻziq va qisqa hijolar oʻ rin almashinib qoʻllanaverishi mumkin. Masalan, Lab uza xatti anbaroludi, Otashin laʼlining erur dudi, deb boshlanuvchi gʻazalning beshinchi baytida dastlabki misraning birinchi va uchinchi ruknlari qisqa hijolarning yetakchilik qilishi bilan xarakterlanadi: Tan-u jon rishtasi gʻaminggʻa libos, V V ---- / V — V — / V V ~ Bu biri tori, ul biri pudi. V / V — V — / — Koʻrinadiki, „Badoyi’ ul-bidoya“ devonidagi sheʼrlar avvalgi devonlarda istifoda etilmagan ikki bahr vaznlarida ham bitilgan boʻ lib, shoirning ilk davri lirikasida mahorat bilan qoʻllanilgan munsarih bahridan ushbu devonda foydalanilmagan ekan. 376 Umuman olganda, 1465-1480-yillar oraligʻini Navoiy aruzi takomilining birinchi bosqichi, deb aytish mumkin. Bu davrda shoir bir qator yangi bahr va vaznlarni turkiy sheʼriyatga olib kirdi va turkiy til imkoniyatlarining kengligini isbotladi. Navoiy sheʼriyatida aruz takomilining ikkinchi bosqichini 1480-1490-yillar oraligʻ i tashkil qiladi. Shoirning shu davrda tartib berilgan „Navodir un-nihoya“ devonidagi sheʼrlar aruz tizimining 11 bahrida yaratilgan (A.Hojiahmedov). Devonning yigirma jildlik „Mukammal asarlar toʻplami“dan oʻrin olgan nashri asosida (jami 862 gʻazal) gʻazallarning vazn xususiyatlarini oʻrganib chiqsak, quyidagi manzara hosil boʻladi: T.g. Bahr nomi Gʻazallar miqdori 1. Ramal 599 2. Hazai 104 3. Muitass 102 4. Muzori’ 18 5. Mutaaorib 22 6. Raiaz 9 7. Munsarih 1 8. Mutadorik 2 9. Komil 1 10. Xafif 2 11. Tavil 1 12. Ariz 1* Jami 862 Agar devonda qoʻllanilgan bahrlarni awalgi devonlar bilan qiyoslasak, „Navodir un-nihoya“da awalgi devonlarda mavjud boʻlmagan tavil, mutadorik hamda ariz bahrlari qoʻllanilganligi, awalgi devonlarda istifoda etilgan sari’ bahridan esa foydalanilmaganlikni kuzatamiz. Devonning oʻziga xos bahrlarini koʻ rib chiqsak. „Navodir un-nihoya“da ilk tajriba sifatida qoʻllanilgan mutadorik bahri Alisher Navoiygacha boʻlgan turkiy sheʼriyatda uchramaydi. Navoiy mazkur bahrning ikki vaznini sheʼriyatimizga olib kirib, ularning turkiy til imkoniyatlariga qanchalik mos kelishini tajribadan oʻtkazdi. Xususan, mutadoriki musammani solim (afoyili va taqti’ i: foilun foilun foilun foilun, — V — / — V — / - (Footnotes) 1 Keyingi izlanishlar natijasida devonda ariz bahrida yaratilgan bir gʻazal ham borligi maʼlum boʻldi (Bu haqda qarang: Yusupova D. Alisher Navoiy va Zax, iriddin Muxammad Bobur: ariz bax, riga munosabat / / Shars yulduzi, 2014. -№ 5). 377 V — / — V —) vaznida shoirning quyidagi matlaʼ li gʻazali bitilgan: Jong"a laʼling mayi jomidur multamas, Ne Xizr suyi, ne jomi Jamdir havas. Ushbu bahrning yana bir vazni — mutadoriki musammani maqtu’ (afoyili va taqti’ i: faʼ lun faʼ lun faʼ lun faʼlun, — / — / ---- / ----- da ham shoirning bir gʻazali yaratilgan: Borgʻil, ey hamdam, har yoni, Koʻnglum itmish, topqil oni. Devondan arab sheʼriyatiga xos yana bir bahr — tavil bahrida yaratilgan bir gʻazal ham oʻrin olgan boʻlib, Navoiy mazkur vaznning tilimiz xususiyatlariga mos kelishi, yengil va serjilo ohangga ega ekanligini tajribada sinab koʻradi va keyinchalik ushbu vazn asosida yana ikki gʻazal yaratadi. Ushbu bahr fauvlun va mafoiylun ruknlarining ketma-ket takroriga asoslanadi va sheʼriyatda faqat musamman shaklida uchraydi. „Navodir un-nihoya“ga kiritilgan gʻazal matlaʼsini koʻ rib chiqsak: Yuzungdek qamar yoʻqtur, qadingdek shajar yoʻqtur, V — — / V ------- / V — — / V -------- Shajar boʻlsa ham anda labingdek samar yoʻqtur.
    -----------------

    Devonga ariz bahrida yaratilgan bir gʻazal ham kiritilgan. Ariz bahri forsiy aruzshunoslarning kashfiyoti boʻ lib, arab sheʼ riyatida qoʻ llanilmagan. Tavil bahriga oʻxshab mafoiylun va fauvlun ruknlarining takroriga asoslanganligi uchun aruzshunoslikda maqlubi tavil (tavilning aksi) deb ham ataladi, chunki unda avval mafoiylun, keyin fauvlun ruknlari keladi. Devonga kiritilgan gʻazal hamd mavzusida boʻ lib, quyidagi matlaʼ bilan boshlanadi: Sanoyi zoting ichra topib ajz, ahli idrok, V / F _ _ / F ----------------------/ u — Gahi lo uhsi aytib zamone mo arafnoh. V / V ----- / V ----- ~ / V — Navoiy aruzining choʻqqisi „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti devonlarida aks etgan. Kulliyotda aruz tizimining jami 13 bahr, 100 ga yaqin vazn qoʻllanilgan. Ushbu bahr va vaznlarni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: 378 T.r. Bahr nomi Vaznlar miqdori Sheʼrlar miqdori 1. Ramal 20 1827 2. IIa?aj 35 (shundan 15 tasi ruboiy vazni) 668 3. Muitass 5 348 4. Muzori’ 7 105 5. Mutaqorib 8 75 6. Raiaz 4 24 7. Munsarih 3 12 8. Mutadorik 3 3 9. Komil 1 1 10. Sari’ 2 3 11. Xafif 5 62 12. Tavil 3 3 13. Ariz 1 1 Jami 3132 Navoiy ushbu kulliyotida avvalgi devonlarida kuzatilmagan baʼzi vaznlarda sheʼrlar bitib, turkiy aruz rivojini yangi bosqichga olib chiqdi. Ruboiy vaznlarining yangi oʻlchovlari, munsarih, mutaqorib bahrlarining sheʼriyatimizda qoʻllanilmagan vaznlaridan ilk bor foydalanib, ularning turkiy til imkoniyatlariga mos ekanigini amaliy jihatdan isbotladi. Xususan, munsarih bahrining munsarihi musammani matviyi mavquf (afoyili va taqti’ i: muftailun foilotu muftailun f&’ , — V V — / — V — V / — V V — / -) vaznida shoir quyidagi matlaʼli gʻazalini bitdi: Koʻnglum aro bir a jab muhol havastur, — V V — / — V — V / — V V — / - Lablaridinkim, husuli mumkin emastur. — V V — / — V — V / — V V — / — Mutaqorib bahrining mutatavval (koʻp ruknli) vazni — oʻn olti ruknli mutaqoribi maqbuzi aslamm turkiy sheʼriyatga olib kirish shoirning ushbu bosqichdagi muhim xizmatlaridan boʻ ldi. Navoiy ushbu oʻ lchovda ikki gʻazal yaratdi. Ulardan birini taqti’ i bilan koʻ rib chiqamiz: Ne pok Majnunki, bir parichehra pok husnigʻa zor boʻlgʻay, V — V / — — / V — V / — — / V — V / — — / V — V / — - Bu pok ishq ichra pok jon tarki etsa, ne ixtiyor boʻlgʻay. V — V / — — I V — V / — — / V — V / — — / V — V / — - („Favoyid ul-kibar“ , 634-gʻazal) „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti tarkibidagi sheʼrlarning vazn koʻrsatkichi dastlab aruzshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan 379 1948-yilda „Navoiy aruzi“ nomli nomzodlik dissertatsiyasi ilova qismida aks ettirilgan va bunda olim kulliyotdagi har bir sheʼming bahri va vaznini alohida belgilab bergan edi. Keyinchalik bu koʻrsatkich navoiyshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan nashrga tayyorlangan „Xazoyin ul-maoniy“ning akademik nashri (toʻrt jild) dan oʻrin oldi hamda Navoiy ixlosmandlari uchun aruz nazariyasi va amaliyotini oʻzlashtirishlarida muhim hissa boʻldi. Oradan bir oz vaqt oʻtib, aruzshunos olim A.Hojiahmedov ham ushbu koʻrsatkichlami tadqiq etib, ulami qayta koʻrib chiqish va toʻldirish zarurati borligini aniqlab, oʻzimng „Navoiy aruzi nafosati“ tadqiqotida tuzatilgan va toʻldirilgan holatda qayta eʼ lon qildi. Alisher Navoiyning aruz nazariyotchisi sifatidagi faoliyati uning „Mezon ul-avzon“ nomli nazariy risola bitganligi bilan bogʻliqki, biz bu risolaning nazariy ahamiyati, turkiy aruzshunoslikdagi oʻrni haqida kitobimizning birinchi qismida maʼlumot berib oʻtganmiz. Ruboiy vaznlari. Maʼlumki, mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri alohida oʻ rin tutib, uning oʻ ziga xos shartlaridan biri maxsus vaznda yozilishidir. Bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasi boʻ lib, bu haqda Navoiy „Mezon ul-avzon“ asarida shunday yozadi: "Ruboiy vaznikim, oni „dubaytiy“ va „tarona“ ham derlar, hazaj bahrining „axram“ va „axrab“idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bagʻoyat raboyanda". Hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi yana 12 vaznni oʻz ichiga oladi va ushbu jami 24 vazn ruboiy vaznlari hisoblanadi. Tayanch tushunchalar aruz vazn bahr ramal hazaj rajaz mutaqorib mujtass muzori’ munsarih sari’ xafif mutadorik komil tavil ariz ruboiy vaznlari axrab shajarasi axram shajarasi

—%20T.:%20Fan,%201959-1960.2.%20Alisher%20Navoiy.%20Ilk%20devon.%201466%20yilda%20kuchirilgankulyozmaning%20faksimil%20nashri.%20Nashrga%20tayyorl.%20X. 1. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy (Ilmiy-tank;idiytekst asosida nashrga tayyorlovchi X-Sulaymonov). 4 jildlik.1-4-jildlar. — T.: Fan, 1959-1960.2. Alisher Navoiy. Ilk devon. 1466-yilda kuchirilgankulyozmaning faksimil nashri. Nashrga tayyorl. X.Sulaymon. — T.:Fan, 1968.3. Alisher Navoiy. Ovduyunli muxlislar devoni. 1471-yildakuchirilgan ^ulyozmaning faksimil nashri. Nashrga tayyorl.A.Erkinov / All Shir NavaʼL Divan of the Aq qoyunlu Admirers(1471). Tokyo, 2015.4. Alisher Navoiy. Badoeʼ ul-bidoya. MAT. 20 jildlik. — T.:Fan, 1987. 1-j.5. Alisher Navoiy. Navodir un-shщoya. MAT. 20 jildlik. — T.:Fan, 1987. 2-j.6. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. MAT. 20 jildlik. T.:Fan, 1988-1990. 3 −6 -j.7. Alisher Navoiy. Xazoyinul maoniy. TAT. 10 jildlik. — T.:Rafur Gulom nomidagi NMIU, 2011. 1 −4 -j.8. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. Nashrga tayyorl.O.Davlatov. Turt jildlik. — T.: TAMADDUN, 2011. 1 −4-j.9. Alisher Navoiy: somusiy lugat. 1-2-jildlar /Masʼulmux, arrir Sh.Sirojiddinov. — T.: Sharq, 2016.10. Isxodov Yo. Alisher Navoiyning ilk lirikasi: Filol. fan.nomzodi diss… — T., 1963.11. Rustamov A. Navoiyning badiiy maxorati. — T.: Adabiyotna sanʼat, 1979.12. Erkinov A. Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilganyana bir devoni / / Uzbek tili va adabiyoti. — T.: Fan, 2012. — № 1.13. Yusupova D. Aruz alifbosi (Navoiy poetikasi fanidan saboqlar).T.: Akademnashr, 2015.14. Xojiax;medov A. Navoiy aruzi nafosati. — T.: Fan, 2006./ADABIYOTLAR:Main va manbalar:Ilmiy-nazariy adabiyotlar: (Wayback Machine saytida 2017-02-20 sanasida arxivlangan)