Alisher Toʻychiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alisher Toʻychiyev | ||
Tavallud sanasi | 8-mart 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Tojikiston SSR | ||
Boʻyi | 180 | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faolyatini yakunlagan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
– | Spitamen | ||
– | Avtomobilist | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1995 | Paxtakor Tojikiston | ||
1996 | Yangiyer | 22 | (0) |
1997—1999 | Nasaf | 26 | (0) |
1999 | Yangiyer | 9 | (0) |
2000 | Guliston | 32 | (0) |
2002 | Mashʼal | 4 | (0) |
2007 | Parvoz | ||
2008—2009 | Metallurg Bekobod | 13 | |
2010 | Vaxsh | ||
2011—2015 | Xoʻjand | ||
Milliy terma jamoa | |||
2008—2016 | Tojikiston | 42 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Alisher Toʻychiyev (tojikcha: Алишер Тӯйчиев, Alişer Tūjciev) – oʻzbek millatiga mansub tojikistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan[1][2].
Klub faoliyati
tahrirFutbolni Spitamen shahrining bolalar maktabi („Rodnik“ stadioni uchastkasi) jamoasida boshlagan, keyinchalik „Avtomobilist“ jamoasida toʻp tepgan. 1995-yilgi mavsum avvalida, „Avtomobilist“ jamoasining bir guruh futbolchilari va klub yordamchi murabbiyi Dostonbek Mamirov[3] bilan birgalikda Proletarskdan (Jabbor-Rasulovskiy tumani) „Paxtakor“ jamoasi safiga koʻchib oʻtgan. Mehrbodning „Paxtakor“ jamoasi safida 1995-yilda Tojikiston kubogini qoʻlga kiritgan.
Professional futboldagi debyutini 1996-yilgi mavsum Oʻzbekistonning „Yangiyer“ klubida oʻtkazgan. Keyinchalik faoliyati davomida „Nasaf“, „Guliston“, „Mashʼal“ va Oʻzbekiston birinchi ligasi klublarida toʻp surgan. 2007-yilni Tojikistonning Bobojon-Gʻofurovning „Parvoz“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Keyingi yili esa Oʻzbekistonga qaytagn va Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. 2010-yilda esa „Vaxsh“ klubi tarkibida oʻynagan.
2011-yilgi mavsumda „Istiqlol“ klubi tarkibida oʻynagan. Istiqlol jamoasi bilan birgalikda Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek , OFK Prezidenti kubogi sohibi boʻlgan. Bir necha bor, jumladan, 2013-yilda[4] Tojikistonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan. 2016-yilgi mavsum „Xoʻjand“ klubida oʻynagan[5] va faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirAlisher 2008-yilda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan, terma jamoa tarkibida 30 dan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yildan boshlab terma jamoa sardori[6]. 2016-yilning 24-martida Avstraliyaga qarshi safar oʻyinida 7 ta gol oʻtkazib yuborgan[7].
Oila
tahrirKatta akasi Bahodir (1973-yil tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, Tojikiston va Oʻzbekiston klublarida oʻynagan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Футболбозони тоҷик дар Русия ва легионерҳо дар Тоҷикистон“. Ozodi.org. 2012-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Tuychiev, Alisher“. 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
- ↑ „ДОСТОН МАМИРОВ. ОТ ГУЛАКАНДОЗА ДО САНКТ-ПЕТЕРБУРГА“. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Церемония по «распределению»“. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-avgust.
- ↑ „«ХУДЖАНД» ПОДАЛ ЗАЯВКУ ДЛЯ УЧАСТИЯ В КУБКЕ АФК-2016“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
- ↑ „Сборная Таджикистана по футболу начинает подготовку к отборочному раунду чемпионата мира-2018“. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-avgust.
- ↑ „Australia-Tajikistan“. 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
- ↑ „Центральный защитник «Далерона» Баходур Туйчиев рассказал о причинах поражения («Далерон» — «Хайр» — 1:3) и о многом другом“. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
Havolalar
tahrir- Alisher Toʻychiyev National-Football-Teams.com saytida
- Alisher Toʻychiyev Soccerway saytida
- Alisher Toʻychiyev FootballFacts.ru saytida (ruscha)