Alisher Qodirqulovich Usmonqulov (1968-yil 20-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor. 2016-yil 28-sentyabrdan Jizzax politexnika instituti rektori.

Alisher Usmonqulov
Tavalludi 20-mart 1968-yil (1968-03-20) (56 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Jizzax politexnika instituti
Taʼlimi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Alisher Usmonqulov 1968-yil 20-mart Toshkentda tugʻilgan. 1985-yili Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga „Paxtani dastlabki ishlash“ ixtisosligi boʻyicha oʻqishga kirib, 1992-yilda mazkur institutni tamomlaydi. 1986—1988-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. Oʻz mehnat faoliyatini 1992-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining „Paxtani dastlabki ishlash“ kafedrasida laboratoriya mudiri lavozimida boshlagan. Keyinchalik assistent, katta oʻqituvchi va dotsent lavozimida ishladi[1]. 1999—2002-yillari institutning „Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika“ fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2002—2006-yillari institutning marketing boʻlimi boshligʻi, 2007—2008-yillari institutning „Paxtani dastlabki ishlash“ kafedrasi mudiri, 2008—2016-yillarda institutning „Paxta sanoati texnologiyasi“ fakulteti dekani va 2016-yilda institutning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan[2]. 2016-yildan Jizzax politexnika instituti rektori. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi[3][4].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2002-yili „Повышение эффективности процесса сушки хлопка-сырца в барабанной сушилке“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 2006-yili texnika fanlari boʻyicha dotsent unvoniga ega boʻldi[1]. 2016-yilning 26-noyabrida „Создание высокопроизводительной хлопко-сушильной установки и технологии на основе интенсификации тепло-массообменных процессов“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi, 2020-yili professor ilmiy unvoni berilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, shu bilan birga30 dan ortiq patent va ixtirolar, 10 ta monografiya, 10 ta oʻquv qoʻllanma va 10 dan ortiq darsliklar muallifidir. 2021-yildan „Texnika fanlari“ jurnali tahririy maslahat kengashi aʼzosi. 2022-yildan „Guliston davlat universiteti axborotnomasi“ ilmiy jurnali tahrir hayʼati aʼzosi. 2023-yildan Turon fanlar akademiyasi akademigi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. „Ректор | Djizakskiy politexnicheskiy institut“ (inglizcha). 25-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
  3. „O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi“ (2021-yil 5-fevral).
  4. „MSKga sakkiz nafar yangi a’zo saylandi“ (2021-yil 5-fevral).