Alisher Vahobov
Vahobov Alisher Vosiqovich (1963-yilda tugʻilgan) — professor, iqtisod fanlari nomzodi. 2014-yil 14-apreldan 2016-yil 16-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimida faoliyat olib brogan[1]. 2014-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi[2]. Vazirlikning umumiy faoliyatiga, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish hamda kadrlar masalalari markazi faoliyatini muvofiqlashtirish uning vazifalariga kiradi.
Vahobov Alisher Vosiqovich | |
---|---|
Tavalludi |
1963-yil Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | UZB |
Millati | Oʻzbek |
Sohasi | Iqtisod |
Biografiyasi
tahrir- 1963-yilda O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan.
- 1986-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning siyosiy iqtisod fakultetini tamomlagan.
Faoliyati
tahrir- 1991-yilda ,,Qishloq joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda nomoddiy jamg‘armalarning o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
- 2001-yilda – ,,Bozor munosabatlari sharoitida diversifikatsiyalangan iqtisodiyot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
- Mehnat faoliyatini 1986-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi universitetining ,,Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
- 1991-1998-yillarda Toshkent moliya institutining ,,Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent bo‘lib ishlagan.
- 1998-yilda Toshkent moliya instituti qoshidagi Soliq o‘quv markazining ,,Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
- 1999-2002-yillarda Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti dekani;.
- 2002-2005-yillarda Toshkent moliya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;
- 2005-2012-yillarda Toshkent moliya instituti rektori;
- 2012-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-apreldagi farmoni bilan A.V.Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „«Назначен новый Министр высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан»“ (deadlink). 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
- ↑ „«Новый состав правительства РУз»/Ислам Каримов подписал указ об утверждении нового состава Кабинета Министров.“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
- ↑ „«Назначен новый министр образования Республики Узбекистан»“ (deadlink). 2016-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.