Alishoh masjidi — Eronning Sharqiy Ozarbayjon ustonida joylashgan masjid. „Alishoh arki“ deb ham ataladi. Aslida Alishoh arki Alishoh masjidi qoldiqlaridan vujudga kelgan boʻlib, hijriy-qamariy XVIII asrda Oʻljoytuning vaziri Tojiddin Alishoh tomonidan qurdirilgan. Masjidning janubiy qismida katta ark boʻlib, rivoyatlarga qaraganda, ark juda tez muddatda barpo etilgan va shu sababdan tez orada ark qulagan.

Binoning kengligi 30 metr, balandligi 26 metr, devorlarining kengligi 10 metr boʻlib, devori usti yopilgan ikki devordan tashkil topadi. Hozirgi kunda ushbu bino sayilgoh vazifasini oʻtamoqda[1].

Manbalar tahrir

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 18 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.