Alison Violet Burton (1921-yil 3-noyabr – 2014-yil 9-iyun) avstraliyalik chap qoʻl bilan oʻyanaydigan tennischi edi.[1] U va Joyce Wood 1938, 1939 va 1940-yillarda Avstraliya chempionatida (hozirgi Australian Open) qizlar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida gʻolib boʻlishdi.[2]

Alison Burton
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol (F)
Tavallud sanasi 1921-yil 3-noyabr
Vafot sanasi 2014-yil 9-iyun
Sport
Qaysi sport Tennis
Medallar
Alison Burton
Alison Burton 1940-yil

Biografiyasi tahrir

Burton Avstraliyaning Melburn shahrida tugʻilib oʻsgan. U Huntingtower maktabida[3] va Melburn universitetida tahsil olgan.[4]

Maktab oʻquvchisi sifatida Burton 1938 va 1939-yillarda Wilson kubogi oʻyinlarida Viktoriya shtatini himoya qilgan. 1938 va 1939-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Viktoriya chempionatida gʻolib chiqdi va Avstraliya chempioni boʻldi.[5]

1952-yilda u Mary Bevis Hawton bilan hamkorlik qildi va Avstraliya chempionatida ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida finalga chiqdi.

Shaxsiy hayoti tahrir

1946-yil 17-sentyabrda[6] Burton Oksford, Angliya, Linkoln kolleji kapelida avstraliyalik tennischi Robert (Bob) Beyker bilan turmush qurdi.[7] Keyinchalik ular Tasmaniyaga, Beykerning vataniga qaytib kelishdi va Hobartda yashashdi. Ularning qizi Barbara Backer Federal tuman sudining sudyasi boʻlgan va 2021-yilda Tasmaniyaning 29-gubernatori etib tayinlangan.[8]

Burton 2014-yilda Janubiy Hobartda vafot etgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Alison Baker Death Notice - Melbourne, Victoria“. tributes.theage.com.au. The Age. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  2. „Girls' Doubles“ (inglizcha). ausopen.com. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  3. „Tennis Types“. The Herald (Melbourne) (3-sentabr 1936-yil), s. 3. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  4. „Commencement Week at Melbourne University“. The Australasian (12-aprel 1941-yil), s. 31. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  5. „They Both Play Tennis“. Argus (Melbourne, Vic.: 1848–1957) (26-iyun 1945-yil), s. 7. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  6. Tennis players married, The Mercury (Hobart, Tas), 24 September 1946
  7. „player – Tennisarchives.com“. www.tennisarchives.com. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  8. Smith, Linda. „Tasmania’s 29th Governor Barbara Baker has been sworn in at a brief ceremony“. The Mercury (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 20-iyun 2021-yil.