Allaberdi Azizlar bobo ziyoratgohi

Allaberdi Azizlar bobo ziyoratgohi — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani „Samanbay“ OFY hududida joylashgan. Maydoni jihatidan respublikamizdagi eng katta qabristonlardan biri boʻlib, hududi 40 gektardan oshiq maydonni egallaydi. Azizlar bobo XVI-XVII asrlarda yashab, Islom dinini keng tarqalishida oʻzining katta hissasini qoʻshgan ulamo bobolarimizdan biri hisoblanadi[1].

Manbalar tahrir

  1. J. HÁKIMNIYAZOV, I. SEYTBAEV, R. ISMETOV. QARAQALPAQSTAN AYMAǴÍNDAǴÍ ZÍYARAT ORÍNLARÍ. «BILIM», 2023-yil.