Allemanda (fransuzcha: „allemande“) — Fransiyada XVI asrdan beri maʼlum boʻlgan qadimiy raqslardan biri. Ushbu raqs 2/4 yoki 4/4 oʻlchovida ijro etilib, ogʻir va vazmin harakatlar bilan tavsiflanadi. XVII–XVIII asrlarda allemanda fransuzcha syuita deb ataluvchi (klavesin, lyutna yoki orkestr uchun yozilgan) musiqa asarining asosiy qismlaridan biri boʻlib, oʻz xarakteri jihatidan preludiyaga yaqin hisoblanadi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 

Havolalar

tahrir